20:43 / 01.02.2019
5 091

Umr va imkoniyatlar sarhisobi...

Umr va imkoniyatlar sarhisobi...
Mana necha yillardan beri chet elda yuribmiz. Ichimizda dinim uchun chiqqanman deganlar qancha. Kechqurun uxlash oldidan o‘ylab ko‘ramizmi, umrimizni sarhisob qilamizmi? 15 yil oldin chiqib ketgan bo‘lsak anavi birodar mana shuncha yil qamoqda o‘tirdi. Biz ozodlikda emin-erkin hayot kechirdik lekin din uchun emas o‘zimizning kamolotimiz uchun nima qildik. Xo‘p, ular qamoqda erksiz, qiyinchilikda yashabdi. Lekin ha desa Alloh yo‘lida hijrat qilganimizni pisanda qiluvchi, asosiy karta qilib ishlatuvchi, vatanda qolganlarni malomatu mazammat qiluvchi bizlarchi?

- 15 yil oldin ikki pora Qur’on bilardik, haliyam o‘sha yoki undan ham kamaygan.
- Chiqib ketayotganimizda arab tilidan “haza qolamun”, “haza kitabun” deb yurardik, ahvol o‘shandayligicha turibdi.
- Ayol kishi bo‘lsak o‘ragan qora hijobimiz, erkak bo‘lsak qo‘ygan keng soqolimizdan boshqa nima bisotimiz bor?
- Erkin, boy, farovon, demokratik yoki Islomga amal qilish bemalol musulmon davlatlarda yashab nima karomat ko‘rsatib qo‘ydik, nimani do‘ndirdik? Natija qani?

Fayzbog‘da o‘tirvolib butun dunyo muammolarini hal etish yoki kimningdir shaxsiy hayotini muhokama qilib mag‘zavashunoslik yoki olomon mahkamasi uyushtirishdan boshqa yana nimalar qildik?

Demak odam qayerda yashashi emas, o‘sha berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib qolish muhim ekan. Kimdir million so‘mga o‘n so‘mlik ish qilsa, kimdir o‘n so‘m bilan millionlik natijaga erisharkan.
Faiziddin MO‘MIN

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Umr va imkoniyatlar sarhisobi...