Sotsiologlar kundalik suhbatimizning kamida uchdan bir qismi mish-mish va ovozalardan iboratligini ma’lum qilishdi. Anonim so‘rovlarda odamlar boshqalarni orqasidan “muhokama” qilishni yaxshi ko‘rishlarini tan olishdi. Ayollarni ko‘pincha kundalik hayot va atrofdagilar tashqi qiyofasi, erkaklarni esa karera va ish haqi qiziqtiradi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, gap-so‘zlarga moyillik qadimda ajdodlarimiz o‘rtasidagi tabiiy saralashga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, bugungi kunda esa ijtimoiy aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.
Italiya olimlari boshqa kishilarni muhokama qilish organizmdagi ishonch gormoni – oksitotsin oshirishini aniqlashdi. Ular o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, ikkita yaxshi tanish bo‘lgan dugona o‘zaro uchinchi dugonalarining homilador bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkinligini haqida g‘iybat qilishadi. Tadqiqot so‘nggida ularning tupuk namunalari olinadi va ulardan anketa to‘ldirishlari so‘raladi.
Tupuk tahlillari mish-mishlarni muhokama qilish kuchli oksitotsinni keltirib chiqarganini ko‘rsatdi. Tadqiqotda ishtirok etgan har ikkala qiz organizmidagi ishonch gormonining darajasi bir xilda oshadi. Gormonli holat shunchaki begonalarning siri haqidagi suhbat tufayli o‘zgargan.
Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, organizmning shunga o‘xshash biokimyoviy reaksiyasi g‘iybat inson evolyutsiyasida muhim rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Muloqotdan va sirlar bilan bo‘lishishdan bahramand bo‘lish ajdodlarimizga katta guruhlarda hayotning norasmiy qoidalarini o‘rnatish, obro‘-e’tiborni baholash va o‘zaro ishonchni qo‘llab-quvvatlashda yordam bergan.
Stenford universiteti olimlarining fikricha, bugungi kunda mish-mishlar, gap-so‘zlar mustahkam ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga – hamkorlikka hozir bo‘lgan odamlar bilan munosabatda bo‘lish, shuningdek, uni ranjitmoqchi bo‘lgan shaxslarda xalos bo‘lishga ko‘maklashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi