Agar siz 10 darajali sovuqda yoki qishda isitilmaydigan uyda sovqotsangiz – bu kasallik emas. Lekin, quyoshli bahor kunlarida ham sovqotish sog‘liq bilan bog‘liq muammo borligidan darak beradi.
Sizning vazningiz yetarli emas
Birinchidan, tana og‘irligining kamligi bizni isitib turuvchi yog‘ zaxirasi kamligini bildiradi. Ikkinchidan, tana og‘irligining kamligi kaloriyaning yetarlicha sarflanmasligi belgisidir. Bu metabolizmni sekinlashtiradi, natijada tana o‘zini isitish uchun kam energiya sarf qila boshlaydi.
Qalqonsimon bezdagi muammo
Doimiy ravishda sovuqni his qilish — hol-ahvol bilan bog‘liq ko‘plab muammolardan biri qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi hisoblanadi. Gormonlar darajasining yetarlicha bo‘lmasligi natijasida metabolizm sekinlashadi va tana o‘zini isitishga energiyani tejay boshlaydi.
Temir moddasining yetishmasligi
Temirning kam bo‘lishi — doimiy ravishda sovuqni sezishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri. Temir — qonning qizil tanachalari tomonidan tana bo‘ylab kislorod yetkazishda muhim modda hisoblanadi. Temir yetishmasligi natijasida qonning bu hujayralari o‘z vazifasini yaxshi bajara olmaydi, siz esa sovuqdan qaltiray boshlaysiz.
Qon aylanishining yaxshi emasligi
Agar kaftingiz va tovoningiz doim muzdek bo‘lsa, lekin tananing boshqa qismlari o‘zini yaxshi his qilsa, bu sizda qon aylanish yaxshi emasligini bildiradi. Buning sababi yurak-tomir tizimi faoliyatining buzilishidan bo‘lishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”