Mahmud Hasan Kankuhiy (rahimahulloh)ning huzuriga bir isyonchi kelib, u kishiga dedi:
- Men Allohni ko‘zim bilan ko‘rmagunimcha uni bor ekaniga ishonmayman! (Alloh saqlasin!)
Shayx undan so‘radi:
- Nima uchun?
Isyonchi javob berdi:
- Men uni ko‘rmayapman. Mening odatim, ko‘rmagan narsamga ishonmayman. Chunki, mavjudlik ko‘z bilan ko‘rilmaguncha haqiqat bo‘lmaydi.
Shayx unga savol berdi:
- Otangni kim ekanini bilasanmi?
Isyonchi:
- Ha bilaman! Otam falonchi.
Shayx:
- Uni otang ekaniga ishonasanmi?
Isyonchi:
- Ha, albatta!
Shayx:
- Sen otangni otasini ko‘rganmisan? Sen u vaqtda mavjudmiding?
(Shayx bu joyda ajoyib aqliy dalil keltirdi. Ya’ni otangni otasini ko‘rmasang ham uni otangni otasi ekaniga ishonyapsan-ku?!)
Isyonchi biror so‘z aytolmay, sukut qilib turardi.
Shayx unga: “Biror narsaning mavjud ekani ko‘z orqali ko‘rish bilangina isbotlanadi, deya aytish noto‘g‘ridir. Bunga bir qancha misollar bor.
Misol: “Havo” mavjuddir. Lekin, u ko‘z bilan ko‘rilmaydi. Shuningdek, jin va farishtalar ham mavjuddir. Lekin, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi”, dedi.
Isyonchi o‘zining botil e’tiqodidan qaytdi va islomni qabul qildi.
Muhammad Yusuf Ta’laviyning “Badoi’ul kalom fii bayani aqoidil islam”
asarlaridan Elyorbek Erkinbek tarjimasi
asarlaridan Elyorbek Erkinbek tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi