
Bir odamga faqat botil gaplarni gapirtirishadi. Obro‘sini to‘kishadi. Odamlar uni so‘zlarini yolg‘onga chiqarishga odatlanishganida, uning tilidan haqiqatlarni yaxshi gaplarni gapirtira boshlashadi. Odamlar uni haqorat qilishga zo‘r berib, to‘g‘ri aytgan so‘zlarini, haqiqatlarni ham inkor qilishga, mazah qilishga o‘tib ketishadi. Haqiqatni shunday yo‘l bilan qadrsizlantirishga urinishadi. Avom bir shaxsni emas, uning tilida zohir bo‘lgan to‘g‘ri gaplarni yerga uradi, lekin buni sezmaydi.
Bir odamga faqat yaxshi gaplarni gapirtirishadi. Obro‘sini ko‘tarishadi. So‘zlarini quvvatlashadi. Odamlar unga so‘zsiz ergashishni boshlaganida, uning tilidan botil gaplarni chiqartirishadi. Avom unga ko‘r-ko‘rona ergashaveradi. Botilni ham haqdek ko‘radigan bo‘lib qoladi.
Haqiqatlarni shaxsiyatlar bilan ajratmang. Shaxslarni haq bilan ajrating. Ilm oling. O‘zingizning tarozingizga ega bo‘ling.
Qudratulloh AHMAD
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing