17:00 / 16.02.2019
12 356

Bizni o‘ldiradigan ovqatlar ro‘yxati ma’lum qilindi

Bizni o‘ldiradigan ovqatlar ro‘yxati ma’lum qilindi
Yaqinda chop etilgan bir tadqiqot ishi xavotirli statistikani ko‘rsatdi: taomga juda ko‘p miqdordagi ultraishlov berilgan mahsulotlarni qo‘shib iste’mol qilish hayotingizni qisqartirishi mumkin. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qiladi.
Kam miqdorda ishlov beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlarining oziqaviy xususiyatlarining katta qismini saqlab qoladi.

Masalan, meva, sabzavot, salat va qovurilgan yong‘oqlar. Ular bilan birga muzlatilgan sabzavotlar va mevalar ham o‘zining foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Ular sog‘liqqa foydali va tanani zarur oziqa moddalari bilan to‘ldiradi.

Minimal ishlov berilgan boshqa oziq-ovqatlar sirasiga souslar va ziravorlar, shuningdek kalsiy va D vitamini bilan boyitilgan yormalar, krekerlar, yong‘oq yog‘lari, yogurt va sut kiradi.

Qayta ishlov berilgan «yarimtayyor» sifatida mashhur oziq-ovqatlar eng ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Ular tuz, shakar, yog‘lar, shuningdek ta’m beruvchilar, bo‘yoqlar va boshqa qo‘shimchalarning birikmasidir.

Ultra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, odatda, besh yoki undan ko‘p moddalarni o‘z ichiga oladigan va boshqa qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarida topilmaydigan, masalan, gidrogenizatsiyalashgan yog‘lar, bo‘yoqlar yoki ta’mni kuchaytiruvchi moddalarni o‘z ichiga oladigan birikmadir.

Quyida bir nechta ultra ishlov berilgan oziq-ovqatlar ro‘yxati keltirilgan:
- Gazlangan ichimliklar;
- Shirin va sho‘r gazaklar;
- Muzqaymoq;
- Konfetlar (qandolat mahsulotlari);
- Margarinlar;
- Pechene va tortlar;
- Donli batonchiklar;
- Sharbatlar;
- Go‘sht va tovuq go‘shti ekstrakti;
- Salomatlik va ozish uchun mahsulotlar;
- Tayyor tortlar, pasta va pissa;
- Kolbasa;
- Burgerlar;
- Xot-doglar;
- Qadoqlangan sho‘rvalar.

Ushbu mahsulotlarning retsept va tarkibiy qismlari ularni juda qulay (yeyishga tayyor), juda yoqimli (juda mazali), yuqori daromadli (arzon tarkibli) mahsulotlar qilib qo‘yadi.
Agar sizda ushbu ro‘yxatdagi mahsulotlardan bo‘lsa, ularni uzoq va sog‘lom hayot kechirish uchun me’yorda iste’mol qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bizni o‘ldiradigan ovqatlar ro‘yxati ma’lum qilindi