13:57 / 17.02.2019
9 925

Gemoglobinni oshiruvchi 5 ta mahsulot...

Gemoglobinni oshiruvchi 5 ta mahsulot...
Mutaxassislar qondagi gemoglobin miqdorini oshirishda yordam beruvchi mahsulotlarni e’lon qilishdi.
Ro‘yxatda birinchi bo‘lib oqsilga boy mahsulotlar: qo‘y, mol, buzoq, quyon go‘shtlari, mol jigari, kurka go‘shti kelmoqda.
Shuningdek, dukkakli mahsulotlar ham gemoglobin miqdorini oshirar ekan. Bular no‘xat, yasmiq (chechevitsa), loviyaning turli navlari bo‘lib, ular tarkibida katta miqdorda temir moddasi mavjud.
Shifokorlar gemoglobini past odamlarga yog‘li baliqni iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Bu borada sabzavotlar orasida lavlagi yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, tarvuz, qovun, tomatlar, shaftoli, anor va qora chetan (ryabina) ham foydalidir.
Gemoglobin miqdorini oshirish uchun grechka, arpa yormasi, tolqon, yong‘oqlar va pista iste’mol qilish yaxshi foyda berar ekan.
Shuningdek, kakao donlarida ham temir moddasi ko‘p bo‘lib, u ham gemoglobin oshishiga ko‘mak beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gemoglobinni oshiruvchi 5 ta mahsulot...