Dolchinni ishiriqlarga ishlatilishidan tashqari choy, qahva va suyuq taomlarga ta’m berishda ham foydalanish mumkin. Sovuq kunlarda sutga asal va bir chimdim dolchin qo‘shib ichilsa, badanni isitib, shamollash alomatlariga davo bo‘ladi. Quyida sizni dolchinning shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishtiramiz.
1. Miya faoliyatini yaxshilaydi
Xotira, diqqatni jamlash hamda tasvirni eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi. Keksalikdagi Alsgeymer kasalligidan himoyalaydi. Jizzakilik, depressiya va bosh og‘riqlariga davo bo‘ladi.
2. Yog‘larni parchalaydi
Qattiq qovurilgan taom yoki yegulik iste’mol qilingach, dolchin qo‘shilgan choy ichilsa, ovqat hazm bo‘lishi yaxshilanib, ichaklarda yog‘ to‘planishi yuzaga kelmaydi.
3. Qomatni ixchamlashtiradi
Albatta to‘g‘ri ozish uchun ovqatlanishni nazorat qilish hamda sport mashqlarini kanda qilmaslik kerak. Shu bilan birga dolchin qo‘shilgan choy yoki qahva ham asqatadi. Ushbu mahsulot qonda qand miqdorini nazorat qilib, metabolizm jarayonini faollashtiradi. Bu esa ortiqcha vazndan himoyadir.
4. Oshqozonga yordam beradi
Me’da faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlarda dolchin qo‘shilgan sabzavotli sho‘rva iste’mol qilish mumkin. Ayniqsa, bir chimdim dolchin solingan qovoqli taomlarning mazasi og‘zingizda qoladi.
5. Asabni tinchlantiradi
Dolchinda magniy ko‘p bo‘lib, bu modda kayfiyat o‘zgaruvchanligini nazorat qiladi. Qolaversa, dolchindagi birikmalar yaxshi kayfiyat uchun javobgar gormonlarni faollashtiradi.
6. Milklarni mustahkamlaydi
Dolchin antibakterial ta’sirga ham ega bo‘lib, milk yallig‘lanishini bartaraf etadi. hatto, tish emalini turli zararlanishlardan himoyalashi ham mumkin. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalab, yoqimsiz hidlardan halos etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?