Foto: Sputnik
“Toshkent goʻzali - 89” tanlovi gʻolibasi Nargiza Olimova Sputnik muxbiri bilan intervyuda goʻzallik siri bilan boʻlishdi va plastik jarrohlikka nisbatan munosabatini bildirdi.
Ayollar goʻzalligi etaloni haqida toʻxtalar ekan Olimova, goʻzallik siri, jozibasi - tabiiylikda ekanini taʼkidlaydi.
“Mana hozir oʻlkamizda bahor. Eʼtibor bersangiz, ayol koʻnglini koʻtarishmoqchi boʻlsalar ham ʻVoy, bahordek ochilib ketibsizʻ, deya xushomad qilishadi. Chunki eng goʻzal fasl bahor. Bahorda daraxtlar gullaydi, atrof gullarga burkanadi - hammasi tabiiy kechadi va mana shu tabiiylik barchani oʻziga maftun qilib qoʻyadi. Shu bois, inson - tabiiyligi bilan goʻzal”, - deydi Oʻzbekiston goʻzali.
Olimovaning aytishicha, chiroyli boʻlish uchun har kuni koʻzgu oldida soatlab oʻtirish shart emas.
“Ehtimol, kimgadir gʻayritabiiy tuyular, lekin men momolarimizdan meros - oʻsma qoʻyishdan charchamayman. Hozirgacha qoshimni termaganman, oʻsma qoʻyaman, maʼqul koʻrsam, yuzimga upa, kipriklarimga yengilgina tush qoʻyishim mumkin. Bundan tashqari, haligacha sochimni qatiqqa yuvaman. Yuzim terisini ham qatiq bilan parvarishlab turaman, bu erta ajin tushishining oldini oladi”, - deya kundalik pardozi haqida maʼlumot beradi bugungi kunda yoshi 50 dan oshgan Olimova.
Toshkent goʻzali bugungi kunda ayollar orasida “urf” boʻlgan plastik-jarrohlikni oqlamasligini qoʻshimcha qiladi.
“Bugungi kunda yurtimizdagi doʻkonlar yuz terisini parvarishlash uchun kosmetik vositalarga toʻla. Shuning oʻzi yetarli, fikrimcha. Plastik jarrohlik tufayli esa ʻbir xilʻ qiyofalar koʻpayib bormoqda. Ayol kishi Alloh tomonidan berilgan oʻziga xoslik bilan ajralib turishi kerak-ku?!”, - deydi Olimova.
Nargiza Olimova — birinchi va yagona “Oʻzbekiston goʻzalidir”. Sohibjamolga eng oliy mukofot - Gran-prini olib bergan tanlov “Toshkent goʻzali” deb nomlangan va 1989 yilda oʻtkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”