Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti olimlari chekish, yuqori qon bosimi, semizlik va diabet miyaning erta qarishini keltirib chiqarishini aniqladi. Bu haqda MedicalXpressʻga tayanib Daryo xabar berdi.
Tadqiqotda 44 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan 9772 kishi qatnashgan. Ishtirokchilarda miya strukturasi hamda qon tomirlariga shikast yetkazuvchi omillar va markaziy asab tizimiga qon quyilishi bilan bogʻliq muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash uchun magnit-rezonans tomografiyasi oʻtkazilgan.
Yuqori darajadagi xolesterindan tashqari barcha boshqa omillar, ayniqsa chekish, qon bosimi va diabet kasalligi neyron hujayralar va kapillyar va hujayrali organlar miqdorining pasayishiga olib kelgan. Bundan tashqari, miya hajmi kichraygan va oq materiyaning — akson paketlari, yaʼni asab hujayralarining uzun oʻsimtalari holati yomonlashgan. Eng muhimi, bu holatlar oʻrta yoshli odamlarda namoyon boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”