Britaniyada ayol 30 yil avval bedarak yo‘qolgan ukasini hanuz qidirmoqda

Dunyo3 daqiqa o'qish0
Britaniyada ayol 30 yil avval bedarak yo‘qolgan ukasini hanuz qidirmoqda

Buyuk Britaniyada 30 yil avval izsiz yo‘qolgan ukasini izlayotgan 79 yoshli ayol jamoatchilikka so‘nggi bor murojaat qildi. 1996 yilda 32 yoshida bedarak ketgan Maykl Xyuerdinning qayerdaligi hanuz noma’lum. Uning opasi Madlen Jadd vaqt o‘tib borayotgani va ukasi taqdiriga oydinlik kiritish uchun imkoniyat tobora kamayayotganidan xavotirda. Bu haqda Need To Know xabar berdi.

Yaqinlari uni Mik yoki Xyui deb chaqirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Maykl 1996 yil 21 noyabr kuni Linkolnshir grafligining Raskington hududidagi uyidan chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Taxminlarga ko‘ra, u yo‘lda notanish haydovchidan mashinasida olib ketishni so‘ragan va uning avtomobiliga o‘tirgan. Shundan keyin esa uni hech kim ko‘rmagan.

Oradan uch yil o‘tib, 1999 yilda politsiya ushbu ish bo‘yicha qotillik gumoni bilan tergov boshlagan. Biroq keng ko‘lamli qidiruvlarga qaramay, Mayklning jasadi hanuzgacha topilmagan.

Uning 79 yoshli opasi Madlen Jadd endi haqiqatni aniqlash uchun oxirgi imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmoqda.

«Qancha vaqtim qolganini bilmayman. Bu ukam uchun so‘nggi bor murojaat qilish imkoniyatim. Biz bu voqeaga nuqta qo‘yishni, uning dafn marosimini o‘tkazishni va yillar davomida davom etayotgan azobdan xalos bo‘lishni istaymiz», — dedi u.

Madlenning aytishicha, ukasi haydovchilik qilmagan va shaxsiy avtomobili ham bo‘lmagan. O‘sha kuni bir kishi unga mashinasida olib ketishni taklif qilgan.

«U mashina haydamasdi, avtomobili ham yo‘q edi. Kimdir uni o‘z mashinasida olib ketgan. Shundan beri uni hech kim ko‘rmadi va nima bo‘lganini hech kim bilmaydi», — deydi ayol.

Oila uchun eng og‘ir xabar 1999 yilda politsiya Maykl o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilganida yuz bergan. Ayniqsa, uning onasi bu xabardan qattiq iztirob chekkan. U 2019 yilda o‘g‘lining taqdiridan xabar topolmasdan va uning dafn marosimini o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmasdan vafot etgan.

«Onasi bu xabardan qattiq qayg‘urgan edi. U yetti yil avval o‘g‘li uchun dafn marosimini o‘tkazish imkoni bo‘lmasdan vafot etdi», — dedi Madlen.

Politsiya yillar davomida qidiruvni davom ettirgan

Tergovchilarda videokuzatuv yozuvlari va DNK dalillari bo‘lmaganiga qaramay, bir necha bor o‘rmonzorlar va suv havzalarida qidiruv ishlarini olib borgan. 2016 yilda esa Mayklning qoldiqlarini topish maqsadida yaqin atrofdagi Ist-Xekington hududida joylashgan dala maydoni ham qazib tekshirilgan.

Biroq shuncha harakatlarga qaramay, oila a’zolari u bilan aslida nima sodir bo‘lganini hanuz bilmaydi.

«Qayerdadir nima bo‘lganini biladigan odam borligiga ishonaman. Ular o‘sha kecha nima yuz berganini ham, ukamning jasadi qayerdaligini ham bilishadi. Oilasi sifatida uning jasadi qayerdaligini bilishimiz kerak. Shundagina dafn marosimini o‘tkazib, 30 yillik azobga nuqta qo‘ya olamiz», — dedi Madlen.

Ayol ukasining o‘ldirilgan bo‘lishi yoki jasadi hanuzgacha biror joyda topilmay yotgani haqidagi o‘ylarga chidash qiyinligini ham aytgan.

Maykl ortida juda yaxshi ko‘rgan qizi qolgan. Opasining ta’kidlashicha, u hech qachon o‘z ixtiyori bilan oilasini tashlab ketmagan bo‘lardi. U har kuni holidan xabar olib turgan onasini ham tashlab ketishi mumkin emas edi.

Politsiya guvohlarni sukut saqlamaslikka chaqirdi

East Midlands yirik jinoyatlar bo‘limi tergovchisi, detektiv bosh inspektor Endi Makvatt ushbu voqea haqida ma’lumotga ega bo‘lgan barcha insonlarni politsiya bilan bog‘lanishga chaqirdi.

Agar bu haqda gapirish uchun endi kech deb yillar davomida o‘zingizni ishontirib kelgan bo‘lsangiz, adashasiz. Agar siz biladigan ma’lumot ahamiyatsiz deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu fikr noto‘g‘ri. Haqiqatni aytish uchun munosib fursatni kutayotgan bo‘lsangiz, aynan hozir o‘sha vaqtdir.

30 yil o‘tishi bizning haqiqatni izlashimizga chek qo‘ymasligi kerak. Aksincha, bu kimnidir nihoyat sukutni buzishga va haqiqatni aytishga jasorat topishga undashi lozim», — dedi tergovchi.

Shu tariqa, Maykl Xyuerdinning oilasi 30 yildan beri javobsiz qolgan savollarga javob topish va uning taqdiriga oydinlik kiritish umidida yashamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?