20:42 / 03.04.2019
12 264

Ovqatlanish tartibini oʻzgartirmay turib tez va oson ozish siri

Ovqatlanish tartibini oʻzgartirmay turib tez va oson ozish siri
Parhezshunoslar fikricha, inson parhez bois biror sevimli mahsulotini yeya olmay qolsa, tushkunlikka tushib qolar ekan. Shu bois parhez tugagach, ayrim insonlarda vaznning oldingidan ham oshib ketish holati kuzatiladi.

Diyetolog Andrey Makoveskiy unchalik katta oʻzgarishlar qilmay tez va oson ozishning besh usulini koʻrsatib berdi.

1. Ovqatdan 15 daqiqa avval bir stakan suv iching
Taomdan avval ichilgan bir stakan suv ishtahani kamaytiradi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Hazm qilish tizimi qancha yaxshi ishlasa, moddalar almashinuvi ham yaxshilanadi. Bundan tashqari, qaynamagan suv ichish – organizmda ortiqcha yogʻ toʻplanmasligini taʼminlaydi.

2. Shirinliklarni 14:00 gacha yeb oling
Agar shunday qilsangiz, barcha ortiqcha kaloriyalar singib ketishga ulguradi. Agar barcha kaloriya erib ketsa, u yoqqa aylanmaydi. Shirinliklarni qancha kech yesangiz, ortiqcha yogʻ toʻplanish ehtimoli shuncha koʻpayadi.

3. Kech soat 12 da uxlab, ertalab 8 da uygʻoning
Organizmning oʻz bioritmlari mavjud. Agar uyquga vaqtida yotsangiz, organizm toʻgʻri ishlaydi. Organizm oʻzini qayta tiklab oladi, stress paydo boʻlmaydi.

4. Ozishingizga ishoning
Xayolingizdagi “Ozolmay qolsam-a?!” degan fikrni butkul chiqarib tashlang. Genetika, gormonlar va muvaffaqiyatsiz urinishlarni unuting. Agar biz tuzalishimizga qattiq ishonsak, organizm ham shunga harakat qila boshlaydi. Ozish ham shunday jarayon.

5. Koʻproq nafas oling
Organizmga qancha koʻp kislorod tushsa, shuncha koʻp yogʻ eriy boshlaydi. Masalan, yugurish davomida biz chuqur-chuqur nafas olamiz va juda koʻp kaloriya yoʻqotamiz. Bu kaloriyani organizm aynan yogʻlarni eritish hisobiga oladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ovqatlanish tartibini oʻzgartirmay turib tez va oson ozish siri