
Avstraliyadagi Vullongong universiteti olimlari odam ajal yoqasida turgan payt nimani his etishini aniqlash masalasida izlanishlar olib borishdi deb yozadi "Hordiq" nashri.
Maqsad bitta bo‘ldi. Odam o‘lish arafasida nimani his etadi? Og‘riqlarni seza oladimi?
Buning uchun yuzlab og‘ir xastalar, bir necha kungina umri qolgan ko‘ngillilar taklif etildi. Ular orasida so‘rovnoma o‘tkazilganda, ishtirokchilarning 85 foizi og‘riqni his etmayotganini bayon qildi. 13 foiz odam esa vujudida kuchli stress va holsizlanish holati paydo bo‘lganini aytdi. 7 foiz ishtirokchi ishtahasi keskin yo‘qolganini ma’lum qildi.
Barcha so‘rovnoma javoblarini tahlil qilib, olimlar bir to‘xtamga keldi. Ya’ni, o‘lim yoqasida turgan bemor og‘riqni his etmaydi. Xotirjam tortadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar