17:50 / 28.04.2019
3 872

Vujudingiz qaysi darmondoriga muhtojligini bilishni xohlaysizmi?

Vujudingiz qaysi darmondoriga muhtojligini bilishni xohlaysizmi?
Olimlar tadqiqotiga ko‘ra inson to‘laqonli va sog‘lom hayot kechirishi uchun uning vujudi S, R, V1, V2, V6, V12, RR, A, D, Ye darmondorilarga hamda kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir va boshqa minerallarga doimiy ehtiyoj sezadi.

Masalan, odam vujudida S darmondorisi (askorbin kislotasi) yetishmay qolsa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi. Shuningdek, me’da-ichak faoliyati buziladi. U tez-tez gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)larga moyil bo‘lib qoladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun kishi S darmondorisiga boy tuzlangan karam, petrushka, ismaloq, qulupnay, na’matak, limon, pomidor, apelsin, malina, sabzi kabi meva va sazavotlarni iste’mol qilishi kerak.

Organizmda V1 hamda V2 darmondorilariga tanqislik sezilganida ishtaha yo‘qoladi. Odamning ichi qotadi, uning yurak urishi sekinlashadi. Ko‘zi xiralashib, sochi to‘kila boshlaydi, asab tizimi faoliyati buziladi. Inson lanj, loqayd bo‘lib, ozib keta boshlaydi. V1 darmondorisini go‘sht, jigar, qora non, kepakli non, dukkakli donlar (no‘xat, mosh, loviya kabilar)da va barcha turdagi sabzavot, bodom, turshak va yong‘oqda mavjud. V2 darmondorisi ko‘proq sut mahsulotlarida, tuxum, dukkakli ekinlar, turli sabzavotlar va yong‘oqda bo‘ladi.

Tanada V6 vitamini yetishmay qolsa tug‘ilajak bola nimjon va kasalmand bo‘lib qoladi. Odamda moddalar almashinuvi buziladi. Uning asab tizimiga zarar yetadi. Bu darmondori esa ko‘proq baliq, sut, jigar, xamirturush va o‘simliklarda bo‘ladi.

A darmondorisi esa yosh bolalarning yaxshi o‘sishiga, ko‘zning ko‘rish qobiliyatini kuchaytirishga, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lishiga yordam beradi. Bu darmondori go‘sht, baliq, sut, sariyog‘, tuxum, sabzi, pomidor, ko‘k no‘xat va ko‘katlar tarkibida uchraydi.

D darmondorisining yetishmasligi yosh bolalarda ayniqsa suyaklarning yaxshi rivojlanmasligiga olib keladi.Uning davosi esa tabiatning o‘zida. Quyosh qattiq qizdirmaydigan paytlarda ya’ni ertalab va kechqurunlari ochiq havoda sayr qilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, baliq yog‘i ham bu vitaminga boy.

PP vitaminlari esa yerqalampirning barra barglarida mo‘l. Ushbu dorivor ne’matning tarkibida kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir va boshqa minerallar ham mavjud.
Shoira BEKChANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Manba: Gujum.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vujudingiz qaysi darmondoriga muhtojligini bilishni xohlaysizmi?