16:20 / 30.04.2019
3 048

Ish kuningizni yuqori darajada unumli o‘tkazishning foydali usullari

Ish kuningizni yuqori darajada unumli o‘tkazishning foydali usullari
Ba’zan hamma ishlarni bajarib bo‘lish uchun sutkadagi soatlar ham yetarli emasdek ko‘rinadi. Vaqtingizni bekorga sarflamaslik uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlarning quyidagi maslahatlaridan foydalaning.

1. Sport bilan ertalab shug‘ullaning

Habit markasi asoschisi Nil Grimmer:
Men bir haftada besh kun ertalab soat oltidan yettigacha velotrenajyorda shug‘ullanaman. Mashg‘ulot paytida butunlay meditatsiya holatiga berilib ketaman va menda har doim yangi g‘oyalar tug‘iladi. Keyin men ularni qog‘ozga yozib olaman.

2. Sizni chalg‘itmasliklari uchun qulog‘ingizga eshitish vositasini taqib oling

Choyshablar ishlab chiqaruvchi Boll & Branch kompaniyasi rahbari Skott Tannen:
Menda quloqlarimni to‘liq yopib turadigan va uzoqdan ham ko‘zga tashlanib turadigan katta naushnik bor. Ba’zan meni bezovta qilmasliklari uchun musiqa qo‘ymasdan uni taqib olaman. Bu usul har doim ish beradi.

3. Qiziqarli ofis an’analarini o‘ylab toping

Qiziqarli tadbirlar tashkillashtiruvchi Fathom Events kompaniyasining rahbari Jon Rubi:
Biz rahbarlarning ichki kengashiga kechikkan kishi keyingi kengashda hamma qatnashuvchilarga tushlik olib berishiga kelishib olganmiz. Bu bizning uchrashuvimizga o‘z vaqtida kelishga va uni o‘yinga aylantirishga sabab bo‘ladi.

4. Yo‘lda vaqtingizni bekorga sarflamang

Idora jihozlari brendi Paperless Post rahbari Jeyms Xirshfeld:
Agar siz uzundan uzoq xat yozmoqchi bo‘lsangiz, uni ishga kelayotganingizda yo‘lda yozsangiz ayni muddao bo‘lar edi. Shunday qilsangiz manzilingizga tezroq yetgandek bo‘lasiz va ish kuningizni foydali mashg‘ulot bilan boshlagan bo‘lasiz.

5. Ish joyingizda mashqlar bajaring

The Imagination Agency kreativ agentligi asoschisi Martellus Bennett:
Telefon qo‘ng‘iroqlari va yig‘ilishlarning orasida mashqlar bajarish hech uyat hisoblanmaydi. Masalan, 20 marta o‘tirib-turing va 20 marta sakrang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish kuningizni yuqori darajada unumli o‘tkazishning foydali usullari