Janubiy koreyalik olimlar tadqiqot o‘tkazishdi va yurakni turli kasalliklarning rivojlanishidan qanday himoya qilish kerakligini aniqlashdi. Xulosalar Medical Xpress tomonidan e’lon qilingan.
Mutaxassislarning aniqlashicha, arterial gipertoniya (arteriyada qon bosimining oshib ketishi) sigaret tutunidan paydo bo‘ladi. Shuning uchun olimlar chekishdan, ayniqsa, passiv chekishdan qochishni tavsiya qildilar.
«Chekuvchi xonada bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar, passiv chekish ta’siridan qochishga harakat qiling», - deya ta’kidlab o‘tdi tadqiqot muallifi Byong Jin Kim.
Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, passiv chekish gipertoniya rivojlanish xavfini 13% - 17%ga oshiradi.
«Olingan natijalar shundan darak beradiki, gipertoniyadan himoyalanish uchun nafaqat passiv chekish ta’sirini kamaytirish, balki undan butunlay qochish kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Kim.
Yuqori qon bosimi erta o‘limning asosiy sabablaridan biridir. Faqatgina 2015 yilda shu tufayli 10 milliondan ortiq odam vafot etdi, deya aniqlik kiritgan Medical Xpress. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi