07:13 / 12.05.2019
3 137

Kamolotga erishish shartlari...

Kamolotga erishish shartlari...
Haqiqiy olim kerak bo‘lsa, o‘z shogirdlaridan yoxud ilm, obro‘ va rutba jihatidan o‘zidan ancha pastroqda bo‘lgan ahli ilmlarning ham ilmidan foydalanaveradi va bundan aslo or qilmaydi.

Zero, fozilda bo‘lmagan narsa mafzulda bo‘lishi mumkin. Tarixda o‘tgan katta olimlar, buyuk muhaddis bobokalonlarimiz xuddi shunday yo‘l tutganlar.

Misol uchun imom Buxoriy rahimahulloh hadis talabidagi o‘z tengdoshlaridan ham ba’zan rivoyat qilganlar va shu bois ularni ham o‘z shayx va ustozlariga qatoriga kiritganlar.

Buni qo‘ying, ba’zan o‘z talabalaridan yoxud isnod jihatidan o‘zlaridan past tabaqada turuvchilardan ham rivoyat qilganlar. Ehtimol, imom Buxoriyni, imom Buxoriy qilgan narsa ham shudir aslida.

Ilm yo‘lidagi bundayin tavoze hammada ham topilavermaydi. Usmon ibn Abu Shayba Vakiy’ ibn al-Jarrohdan quyidagi so‘zlarni rivoyat qiladi; "kishi toki, maqom jihatidan o‘zidan yuqorida bo‘lganlardan, martabasi teng bo‘lganlardan hamda o‘zidan quyidagilardan rivoyat qilmaguncha olim bo‘lmaydi".

Buyuk bobomiz va Islom olamining faxru iftixori bo‘lgan imom Buxoriy hazratlaridan ham mazmunan shunday so‘z naql qilingan. U kishi aytadilar: "muhaddis toki, o‘zidan tepadagilardan, o‘zi kabilardan va o‘zidan pastdagilardan hadis yozmaguncha komil (muhaddis) bo‘lolmaydi”.
Alisher SULTONXO‘JAYeV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kamolotga erishish shartlari...