1-xato. Porsiya o‘lchamini kuzatmayapsiz
Ko‘pchilik mahsulot foydali bo‘lsa, uni cheklanmagan miqdorda iste’mol qilish mumkin deb hisoblaydi. Bu katta xato. Hatto cheklanmagan miqdorda iste’mol qilingan foydali yirik boshoqli makaron yoki shirin mevalar barcha harakatlaringizni chippakka chiqarishi mumkin.
Qanday to‘g‘rilash mumkin?
Oshxona tarozisini xarid qiling va iste’mol qilinayotgan barcha mahsulotlarni o‘lchang.
Energetik quvvatni hisoblash uchun smartfoningizga ilovani yuklang yoki kunlik normadan oshirmaslik uchun kundalik yuriting.
Yodingizda bo‘lsin, har bir o‘ramda va jadvalda 100 gramm qayta ishlanmagan mahsulot quvvati ko‘rsatiladi. Tayyor mahsulotniki esa katta farq qilishi mumkin.
Shuning uchun mahsulotni tayyorlashdan oldin o‘lchang yoki jadvaldan tayyor mahsulotning energetik quvvati ko‘rsatkichini izlang.
2-xato. Qaylalar quvvatini hisobga olmaysiz
Ko‘pchilik vazn tashlash istagida bo‘lganlar qaylaning kam miqdori taom quvvatini oshirmaydi deb hisoblashadi. Aslida esa xarid qilingan qayla mahsulotlari odatda juda ko‘p quvvatga ega va yog‘li; ularning tarkibida 30 grammga yaqin yog‘ va 100 grammda 300 kilokaloriya bo‘ladi. Taomga 30 gramm qayla qo‘shib, ko‘p qismi to‘yingan yog‘lardan iborat 90 kilokaloriya iste’mol qilasiz.
Qanday to‘g‘rilash mumkin?
Qayla o‘rniga tabiiy ziravorlardan foydalaning. Ana shunda ta’mga zarar yetkazmagan holda taomlaringiz quvvatini kamaytirasiz.
Agar qayladan voz kecha olmasangiz, kamroq zarar tamoyilini qo‘llang: ketchup o‘rniga tabiiy tomat pastasini xarid qiling, mayonezni esa oq yogurt va xantalli qaylaga aylantiring.
3-xato. Yog‘li taomlarni afzal bilasiz
Yog‘sizlantirilgan sut va qatiq mahsulotlari nafaqat ozishga yordam beradi, balki ko‘proq kaloriya iste’mol qilishga majbur qiladi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari «Yog‘liligi – 0 foiz» belgisi iste’molchilarni 84 kilokaloriya ko‘proq iste’mol qilishga majbur etishi aniqlandi.
Bundan tashqari, yog‘sizlantirilgan mahsulotlar to‘yimlilik hissini bermaydi, ularning vitamin hamda mikroelementlari yaxshi o‘zlashtirilmaydi. Natijada kamroq foyda olasiz va tez orada yana ovqat yeyish istagi paydo bo‘ladi.
Qanday to‘g‘rilash mumkin?
O‘rtacha yog‘lilik darajasiga ega mahsulotlarni xarid qiling.
Nafaqat kaloriya, balki oqsil, yog‘ va uglevodlarni ham hisoblang.
O‘ramni diqqat bilan o‘qing: ayrim yog‘sizlantirilgan mahsulotlarga ta’mni yaxshilash uchun shakar qo‘shiladi, bu esa ularning quvvatlilik darajasini oshiradi.
4-xato. Qovurilgan taomlarni afzal bilasiz
Qovurish jarayonida foydalaniladigan o‘simlik yog‘i taomning quvvatlilik darajasini oshiradi.
Qanday to‘g‘rilash mumkin?
Taom tayyorlashning boshqa usullarini qo‘llang: mahsulotlarni gaz duxovkasida yoki bug‘da tayyorlang.
Taomni yog‘siz tayyorlash imkonini beradigan maxsus tova xarid qiling.
Agar qovurish jarayonida yog‘dan foydalansangiz, uni butilkadan tovaga quymang, aksincha yuzasiga cho‘tka bilan surting.
5-xato. Juda ko‘p foydali shirinliklarni iste’mol qilasiz
Ko‘pincha konfet va pechenelarni foydaliroq yeguliklarga almashtirishni maslahat berishadi. Ha, ularning tarkibida foydali moddalar ko‘p, biroq kaloriyasi kamroq. Masalan, grek yong‘og‘ining 30 grammida 196 kilokaloriya bor, ana shuncha xurmoda esa 80 kilokaloriya bo‘ladi.
Qanday to‘g‘rilash kerak?
Quruq meva va yong‘oq solingan likopni ko‘rinarli joydan olib qo‘ying.
Foydali yeguliklar iste’mol qilishdan avval porsiyani o‘lchang va kaloriyani hisoblang.
Foydali ovqatlanishni boshlang va xatolar barcha xatti-harakatlaringizni yo‘qqa chiqarishiga yo‘l qo‘ymang.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi