15:13 / 23.05.2019
4 966

Qanday holatlarda ro‘za buzilib kafforat emas, qazo lozim bo‘ladi?

Qanday holatlarda ro‘za buzilib kafforat emas, qazo lozim bo‘ladi?
Qazo lozim bo‘ladigan sabablar quyidagilardir:

1)Ro‘zador xato qilib og‘zini ochib qo‘ysa (quyosh botmaganda botdi deb o‘ylab biror narsa yesa, tong otganda otmabdi deb, o‘ylab saharlik qilsa, og‘iz chayganda ichiga suv ketsa);
2)Ro‘za tutganini unutib, biror narsa yeb yo ichgach, ro‘zadorligi esiga tushgandan so‘ng yeb-ichishni davom ettirsa;
3)Huqna (klizma) qildirsa;
4)Burniga biror narsa tomizsa;
5)Odatda yeyilmaydigan narsalarni yutsa;
6)Tomog‘iga yomg‘ir tomchisi yo qor uchquni kirsa;
7)Birovning majburlashi bilan yesa yo ichsa;
8)Qasddan qussa yo qusug‘ini qaytarsa;
9)O‘pganda yo quchoqlaganda maniy chiqsa;
10)Tishi orasidan chiqqan qon ko‘p bo‘lsa va ichiga ketsa;
11)Tishlari orasida qolgan no‘xatdek va undan katta ovqatni yutsa, ro‘za buziladi va bir kuniga bir kun tutib berish lozim bo‘ladi.

Bu muborak kunlarda Alloh taolo tutayotgan ro‘zalarimizni nuqsonsiz bo‘lmog‘ini nasib aylasin.Zero, bu kunlar eng xayrli kunlardir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazon kelsa, jannat eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi”», dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy).

Muhammad Sharif JUMAN tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday holatlarda ro‘za buzilib kafforat emas, qazo lozim bo‘ladi?