Quyidagi 4 maslahat sizga ortiqcha mashaqqatlarsiz sog‘lom va samarali turmush tarziga erishishingizda asqotadi.
Erta uyquga ketish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish kabi foydali mashg‘ulotlarni kundalik odatlarimiz safiga qo‘shib olishimiz har doim ham oson kechavermasligi sizga tanish bo‘lsa kerak. Birinchi hafta odatda tartibli tarzda kechishi mumkin, chunki biz o‘zimizni qoidalarni buzmaslikka majbur qilamiz. Lekin vaqt o‘tishi bilan hammasi qiyinlashib boradi.
Ikki yoki uch haftadan so‘ng aksariyat yangi o‘rganuvchilar voz kechishadi.
Nima uchundir kundalik hayot tarzini xuddi shu qoidalar bilan yashab kelayotgan odamlarda qiyinchilik kuzatilmaydi. Hattoki ular har kungi chigalyozdi mashqlari, erta uyg‘onish va nonushtadagi mevali smuzilardan qaysidir ma’noda zavq olishadi.
Aksariyat odamlar xulq-atvorni o‘zgartirish uchun misli ko‘rilmagan iroda kerak, degan fikrda. Agar kimdir tartibni ushlolmadimi, demak unda yetarli kuch yetishmaydi. Lekin aslida o‘z-o‘ziga qo‘yilgan talab aziyat beruvchi xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak.
Sog‘lom va samarali bo‘lishning siri o‘z-o‘zini qiynashda emas, balki ko‘ngil xohlagan ish bilan mashg‘ul bo‘lishdadir.
Siz uchun quyida bosib o‘tishingiz kerak bo‘lgan zarur qadamlar sanab o‘tilgan.
1. Irodali bo‘lish haqida unuting
Tarixga nazar tashlasak, inson o‘zining rohatidan voz kechishi fazilat hisoblab kelingan. Rohiblar sukut saqlash haqida ont ichib, yillab hujralarga qamalib yashashgan, askarlar taxt egasining birinchi topshirig‘i yangrashi bilan o‘zlarini urush o‘chog‘iga otishgan. Bu xislatlar samaradorlik mavzusiga ham bog‘liq. Ko‘pchilikning tasdiqlashicha, o‘z-o‘ziga bo‘lgan qo‘yiladigan intizom ortidan azoblanish, his-tuyg‘ularga va xohishlarga berilmaslik yuqori o‘ringa chiqqan. Iroda tushunchasi ruhiy hislarga qorishib ketgan. Kimki o‘zini rohatdan mahrum qilishning ustidan chiqolmasa, u yomon odam deb hisoblangan.
O‘rta asrlarga taalluqli bu qarashning asl mohiyati shundaki, jamiyatni boshqarishda uning yordami tekkan. Odamlar oz bo‘lsa ham o‘zlarini nazoratda ushlashgan.
Lekin bizning davrimizga kelib «shaxsiy intizom = mashaqqat» g‘oyasi eskirdi va o‘zini yaxshilashga harakat qiluvchi har bir shaxsga faqat zarar keltiradi. U bizni istaklarimizni cheklash o‘rniga ularga erk bersak o‘zimizni juda yomon odam sifatida his qilishga majbur qiladi. Ko‘rinib turibdiki, buning ortidan shaxsning o‘ziga nisbatan nafrati kuchayib, noto‘g‘ri prinsiplarga mukkasidan ketish holati ro‘y beradi. Demak, iroda kuchi haqidagi g‘oyalar o‘z vazifasini bajarolmaydi, deb aytish o‘rinli.
2. Uyalishni bas qiling
Uyalish va xohishlarni cheklash orqali boshqariladigan shaxsiy intizom o‘z samarasini juda oz muddat davom ettiradi. Keyin teskari natija ko‘rsata boshlaydi - ko‘pincha yemiradi.
Uyalish bu stress. Qachondir u tanqidiy qarashlarga aylanadi va kishi tanlov oldida qoladi. Birinchi yo‘l - va nihoyat istaklar ta’siriga berilish. Intilishlar kamayadi, lekin uyalish hissii ortadi. Ikkinchi variant ichki qo‘zg‘olonga yuz burish. Ba’zilar zararli odatlar bilan vaqt o‘tkazishsa, ikkinchi toifa odamlar kuniga 14 soatlab televizordan bosh ko‘tarmay vaqt o‘ldirishadi. Qolganlari bosimga bardosh berolmay hattoki ishdan bosh olib ketishlari ham mumkin.
Lekin bulardan ham natija yo‘q, chunki uyat va xijolat tuyg‘ulari bosilmaydi. Ular o‘z shaklini o‘zgartirib yana nosog‘lom ta’sirga kirishadi. Shaxslar yuqoridagi yo‘llar oldidagi tanlovni qayta boshdan o‘tkazib, jismoniy va ruhiy sog‘liklarini yo‘qotib borishadi.
Xijolat hissi orqali shaxsiy intizom ichki yemirilishga olib keladi. Hayot tarzini o‘zgartirishning eng to‘g‘ri yo‘li motivatsiyasi ko‘p muddatga ushlab turishdir. Buning uchun esa faqatgina yangi odatlarga ergashish inson uchun yoqimli bo‘lishining o‘zi yetarli. Inson o‘z tuyg‘ularini cheklash o‘rniga ular bilan kelishib yashashi kerak.
3. O‘zingizni anglang
Xulqingizni tuzatish uchun birinchi navbatda ba’zi odatlar sababli o‘zingizni yomon ko‘rishingizni to‘xtatishingiz lozim. Har kuni uyquga kech yotishingiz, ovqat tayyorlashdan qochib, tayyor pitssa buyurtma qilish yoki ko‘p vaqtingizni internetda sarflashingiz siz yomon odamligingizdan dalolat bermaydi.
O‘z-o‘zini anglash bu kelajakni o‘zgartirish imkoni ekanini va o‘tmishda ko‘plab vaqtini behuda sarflaganini tushunib yetishdir. Bu esa juda yoqimsiz holat.
Lekin qachonki ruhiy mulohazalardan o‘z hissiyotlaringizni ajrata olsangiz, aynan qaysi muammodan qochishga harakat qilayotganingizni aniq ko‘rib olasiz. Nima uchun sizga zararli taom yoqadi? Nega siz sigaretni tashlashni istamaysiz? Qaysi qo‘rquvlarni bosishni xohlaysiz? Shu savollarga javob toping va «nosog‘lom» tarafingizni tushunib yeting.
Qo‘rquvlardan qochish zarurati yo‘qoladi va siz o‘zingiz haqingizda qayg‘urishni boshlaysiz. Va asosiysi namunadagi hayot tarzidan qoniqish hissini ola boshlaysiz.
4. O‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling
Shunday qilib, o‘zingizni yomon odam deb hisoblashni bas qildingiz va qaysidir ma’nodagi ichki xijolat va qo‘rquv mavjudligini qabul qildingiz. Endi qaysi qadam qoldi?
Siz o‘zingizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishni boshlaysiz. Balki o‘zingizni yaxshi ko‘rib ham qolasiz. Bu degani o‘zingiz haqingizda qayg‘urishni boshlaysiz, axir yomon odamlardan farqli ravishda yaxshi odamlar ko‘proq mehribonchilikka arziydilar. Iroda sizga boshqa kerak bo‘lmaydi. Sog‘lom hayot tarzini yuritish shunchaki ajoyib taassurotlarni bergani uchun ham undan voz kechmaysiz.
Mevalarni tanovul qilish va organizmingiz bu orqali foyda olganini anglash juda yoqimli mashg‘ulot. Tanangizning jismoniy holatini me’yorga keltirish ham zavq bag‘ishlaydi. Fastfud, alkogol va videoo‘yinlardan voz kechish ham kishiga ulkan qoniqish hissini beradi.
O‘z qo‘rquvlaringizdan qochishga yoki ularga yengilishga endi majbur emassiz. Shuningdek o‘zingizni azoblashingizning ham keragi bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?