00:13 / 07.07.2019
4 497

Kim nodonroq?

Kim nodonroq?
Sulton Mahmud G‘aznaviy hukmronligi davrida ayonlariga mamlakatdagi eng nodon kishini topishni buyuradi.

Mulozimlar butun mamlakat bo‘ylab qidirib bunday odamni topa olishmadi. Bir kuni saroyga qaytayotgan a’yonlardan biri daraxtga chiqib olib, o‘zi o‘tirgan shoxni kesayotgan odamga duch keladi. “Bu dunyoda o‘ziga yomonlik qiladigan kishidan ko‘ra nodonroq odam bo‘lmasa kerak”, degan fikrda uni saroyga, Muhmud G‘aznaviy huzuriga olib boradilar.

Sulton voqea tafsilotini eshitgach, undan: “Seni o‘zimga vazir qilib tayinlayman. Sen bunga nima deysan,” deb so‘radi.

Shunda u: “Ey hukmdor, o‘zim o‘tirgan shoxni kesganim uchun meni ahmoq sanab huzuringga keltirdilar. Sen esa menga davlat ishlarini topshirib, saltanat daraxtini kesishimni xohlayapsan. Qani endi aytchi, bu dunyoda kim nodonroq? Menmi yoki meni ishga taklif qilganmi?” deya javob berdi.

Forschadan Dilshod Aliyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kim nodonroq?