Olimlar qaysi kasb inson boshmiyasi tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Kun.uz RIA Novostiga tayanib.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, har kuni o‘xshash vazifalarni bajarish miyaning bir hududini kengaytirsa, boshqasini siqib qo‘yadi.
Shunga binoan, ekspertlar ayrim kasblarning inson miyasiga ta’sirini o‘rganishdi. Masalan, 2013 yili olimlar mikrogravitatsiya fazogirlar miyasining tuzilishiga ta’sirini aniqlashgan. Aniqlanishicha, kosmonavtlar miyasining kulrang moddasi hajmi 3 foizga kamaygan, oq modda tarkibi ham ozaygan.
Bundan tashqari, olimlar taksichilarning miyasini ham o‘rganishgan va u kamroq ekstremal turdagi ishlarda ham o‘zgaruvchan ekaniga oydinlik kiritishgan.
Tadqiqotchilarning taksichilar gippokampi, ya’ni miyaning qisqa muddatli xotiraning uzoqmuddatli aylanishiga mas’ul qismi atrof-muhitga doir axborotni boshqa insonlarnikiga qaraganda ko‘proq qayta ishlaydi. Taksichilar yuzlab yo‘nalishlarni yodlab qolishi zarur bo‘lgani bois, ularning kulrang moddasi hajmi kengayadi. Biroq, ular navigatordan foydalana boshlasa, kulrang modda hajmi, aksincha, kamayadi.
Olimlarning yana bir kashfiyotiga muvofiq, miyaning ayrim hududlari professional shaxmatchilarda kichrayadi. Ya’ni bir-biriga nisbatan turgan ob’ektlarni tasavvur qilishda ishtirok etuvchi kulrang modda hajmi ozayadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?