
Foto: «Apa.az»
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning Marbelya dam olish maskanida joylashgan 1,45 mln. yevroga baholanayotgan villani sotib olmoqda. «The Sun» xabariga ko‘ra, futbolchi nazariga tushgan uy UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning uyiga qo‘shni joylashgan.
Xabarlarga ko‘ra, bu uy shahar tashqarisidagi golf-klub hududida joylashgan.
Aytishlaricha, bu koshonaning o‘z trenajyor zali, kinozali, basseynlari bor, O‘rta Yer dengizi shundoqqina ko‘rinib turadi.
Ma’lumot uchun: Marbelya — Malaga viloyati tarkibiga kiruvchi shahar va munitsipalitet bo‘lib, Andalusiya muxtoriyati hududida joylashgan. Uning dengizbo‘yi hududida mashhur Kosta-del-Sol kurorti va hashamatli Puerto-Banus porti bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar