Foto: «Yandeks»
Mushak massasini oshirish, qonda qand miqdorini barqarorlashtirish orqali xushbichim bo‘lishga yordam beradigan ichimliklar mavjud. Ularni uxlashdan oldin muntazam ichib yursangiz, bir necha kilogramm ortiqcha vazndan qutulishingiz mumkin, deb yozadi «Xabar» nashri.
Tuniga bir stakan iliq yoki xona haroratidagi sutni ichib yotish foydali. Ushbu ichimlik tarkibidagi triptofan va kalsiy yaxshi uxlashga yordam beradi. Ma’lumki, uyquga to‘ymaslik yog‘ to‘qimasi ortishiga olib keladi. Ustiga-ustak, sut oqsili mushak massasini mustahkamlaydi.
Qomati raso bo‘lishga uyquga yotishdan oldin bir stakan uzum sharbati ichish ko‘maklashadi. O‘simlik mevasi tarkibida resveratrol bor. Ushbu tabiiy fitoaleksin oq yog‘ni qo‘ng‘ir yog‘ga aylantiradi: u esa quvvat olish uchun organizm tomonidan sarflanadi.
Ortiqcha vaznga qarshi kurashishda yana bir ichimlik kefir hisoblanadi. Uning fermentlangan probiotiklari ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada hazm qilish, vitamin va minerallar so‘rilishi yaxshilanadi. «British Journal of Sports Medicine»ning yozishicha, kefir uyquni yaxshilaydi hamda mashg‘ulot samaradorligini oshiradi.
Ozishga yordam beruvchi ichimliklar ro‘yxatiga ekspertlar moychechak choyini ham kiritishdi. U tez uxlab qolishga ko‘maklashadi, chunki organizmda glitsin neyrotransmitter darajasi ko‘payadi va qonda qand miqdori barqarorlashadi. Bularning bari vazn tashlashga yordam beradi.
Shubhasiz, ozish uchun universal ichimlik oddiy suv sanaladi. U almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi: bu kelishgan qad-qomat uchun nihoyatda zarur. Tuniga suv ichib yotish uyqu vaqtida tiklanish samaradorligini kuchaytiradi. Faqat me’yorni unutmasangiz bo‘lgani. Tunda haddan tashqari ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi