Foto: Flickr /Dave Malkoff
Ispaniyalik parhezshunoslar La Vanguardia nashri bilan suhbatda “barcha mahsulotni yeyish mumkin, biroq me’yorida” degan tasdiqni xato deb, ratsiondan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan bir qator mahsulotlarni sanab o‘tishdi.
Xususan, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rafinadlangan (tozalangan) un iste’mol qilish zarar keltirishi mumkin. Bu mahsulot sababli qonda glyukoza miqdori keskin oshib-pasayishi mumkin. Parhezshunos Pilar Eskerning ta’kidlashicha, bu holat qand kasalligi avj olishiga olib kelishi mumkin.
“Boshoqli o‘simliklar qayta ishlanganda biriktiruvchi to‘qima va boshqa oziqaviy moddalar chiqindiga chiqariladi. Bundan tashqari, rafinadlangan mahsulotlar yuqori glikemik indeksga ega, shu sababli ular kamroq darajada oziqaviy”, deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir parhezshunos Mariya Merino.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kolbasa mahsulotlarini yeyishdan qochish kerak, chunki ular yarmiga qo‘shimchalar, kraxmal va boshqa moddalardan tashkil topgan.
Shuningdek, yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlaridan voz kechish tavsiya qilinadi. Parhezshunoslar yog‘ miqdori kam bo‘lgan sut va sut mahsulotlari odatda shakar saqlashi va oziqaviyligi pastligini ta’kidlashmoqda.
Shuningdek, vaqti-vaqti bilan pishiriq, sneklar va yarimfabrikatlar, etiketkasida “past kaloriyali”, “zero” va “shakarsiz” yozuvi bo‘lgan mahsulotlar, spirtli ichimlik va qayta ishlangan go‘shtni iste’mol qilmaslik lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”