Bolalarini quchishdan o‘zini turib tura olmaydigan barcha ota-onalar juda to‘g‘ri yo‘lda va farzandlari ularga buning uchun bir kuni albatta minnatdorchilik bildiradilar.
Tadqiqotchilar bolaning rivojlanish davrida jismoniy mehrning bir shakli sifatida ularga tegish juda muhim ekanligini aniqladilar. Tegish orqali ko‘rsatilgan sevgi ularning miyasi o‘sishini rag‘batlantiradi va ular yanada aqlli bo‘lib boradilar.
Ogayo shtatidagi umummilliy bolalar kasalxonasi tadqiqotchilari, muddatidan oldin va o‘z vaqtida tug‘ilgan 125 ta chaqaloqni o‘rganib chiqdilar hamda yengil jismoniy teginish ularning miya rivojlanishiga, ongiga va ijtimoiy rivojlanishiga qanchalik ta’sir qilishini tahlil qilishdi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar va vasiylarning mehr-muhabbatining bu tarzda namoyon bo‘lishi chaqaloqlarning miya tolalariga juda yaxshi ta’sir qiladi. Shuning uchun, ular paydo bo‘lishi bilan teginilishi, ushlanishi homiladorlik davridagi chaqaloqlarga miyaning ijobiy reaksiyasini qo‘zg‘atadi. Sizning bu ta’siringizni ular ona qornini ichida paytidayoq sezadi.
Tegish - bu rivojlanishning birinchi bosqichi. Ularni ko‘krak suti bilan boqish, massaj bilan terisiga parvarish berish, mehr bilan quchoqlash va shu kabi qo‘llab-quvvatlovchi tajribalar miyaning tezkor va sog‘lom rivojlanishiga yordam beradigan kuchli miya reaksiyalarini qo‘zg‘atadi.
Bola tug‘ilishi bilanoq unga teri bilan aloqa qilish va bolani emizish uchun shijoat qilish vaqti keladi. Bola tug‘ilgandan so‘ng bir soat ichida qo‘lda ushlab turilishi bolaning tana haroratini, yurak urishini va nafas olish rejimini normallashtiradi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar yoki kasalxona xodimlari tomonidan ko‘proq mehr olgan chaqaloqlar miyaga nisbatan kuchli reaksiyani namoyish etdilar. Shuning uchun, chaqalog‘ingizga yumshoq muomala qilish ularni miyasining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Ushbu tadqiqotning yetakchisi doktor Natali Maitrning so‘zlariga ko‘ra, bolangizning sizning tanangiz bilan yaxshi aloqada bo‘lishi yoki aksincha ularni sizning quchog‘ingizdan silkitilishi, e’tiborsiz qolishi ularning miyalarida katta o‘zgarishlarga olib keladi.
Natali Maitrning tushuntirishicha:
"Erta tug‘ilgan chaqaloqlarga onalarining bachadonida homiladorlikni boshdan kechirgan chaqaloqlar singari ota-onalari tomonidan terini teriga parvarish qilish kabi ijobiy, qo‘llab-quvvatlanadigan ta’sirga ega bo‘lgan harkatlarning ishlatilishi judayam muhim."
Hayotning qaysi bosqichi bo‘lishdan qat’i nazar, sevgi va muhabbat rivojlanishning kalitidir! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”