Foto: YouTube/Dokumentalnoye kino na Pervom
Rossiyaning eng boy kishilaridan biri Alisher Usmonov o‘zining birinchi biznes-sxemasini talabalik davrida kartoshka tergani borganida o‘ylab topgan. U bu haqda Vyacheslav Duxinning «MGIMO. Dunyoning barcha tillarida» nomli hujjatli filmida aytib berdi.
USM Holdings asoschisi 1976 yilda bitirgan oliy ta’lim dargohi haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi. O‘sha davrda talabalarni kartoshka tergani jo‘natishgan va bo‘lajak milliarder hayotidagi birinchi biznes-sxemasini o‘shanda o‘ylab topgan.
«Taroziga qarab turibman. ZIL keldi, 3600 kilo. Bizda esa kichkina traktor bor edi – 1200 kilo. O‘ylab qoldim, 3600 3500 bo‘lsa, bizniki 1300 bo‘lsa, bizda ko‘proq kartoshka bo‘ladi va rejani tezroq bajaramiz. Uch kundan keyin kartoshka terish bo‘yicha ko‘rsatkichimiz shunday ko‘tarilib ketdiki, meni bir haftadan so‘ng Moskvaga jo‘natib yuborishdi, bir oylik rejani bajarib qo‘ygandik», - dedi Usmonov.
Tadbirkor shuningdek, dastlab o‘qishga kira olmaganini ham esladi.
Usmonovning eslashicha, o‘sha paytda sobiq ittifoq respublikalari uchun ham MGIMOga kirish uchun kvotalar ajratilgan. Alisher Usmonov milliy kvota bo‘yicha hujjat topshirgan. To‘rt da’vogar orasidan eng yuqori ballni u olganiga qaramasdan, undan ozroq ball olganlar – yuqori lavozimdagi amaldorlarning farzandlari o‘qishga kirishgan.
“Agarda milliy kvota bo‘yicha emas, umumiy yo‘nalishda hujjat topshirgan bo‘lganimda, o‘qishga bemalol kirgan bo‘lardim”, dedi u.
Shundan so‘ng Usmonov O‘zbekistonga qaytgan va qilichbozlik bilan shug‘ullangan. U sport ustasiga aylangan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga, keyinroq SSSR terma jamoasiga qabul qilingan. Keyingi yili esa Moskvaga qaytib borib, MGIMOga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”