10:30 / 01.11.2019
5 589

Erkaklar va ayollar uchun eng xavfli yosh aniqlandi

Erkaklar va ayollar uchun eng xavfli yosh aniqlandi
Foto: «Izvestiya»
Texas (AQSh) Salomatlik markazi mutaxassislari fin hamkasblari (Xelsinki universiteti qoshidagi markaziy kasalxona) bilan hamkorlikda erkaklar va ayollar uchun eng xavfli yoshni aniqlashdi, deyiladi «Argumenti.ru» xabarida.

Buning uchun turli irq va mamlakatlarga mansub minglab kishilarning kasallik tarixi o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar uchun xavfli davr 40 yoshga kirganidan, ayollar uchun 30 yoshdan so‘ng boshlanadi.

Yurak-qon tomir kasalliklari, xususan, infarkt va insult ortidan o‘lim xavfi har ikki toifa uchun shu davrdan kuchayadi. Bu kasalliklarning sababchisi sifatida spirtli ichimliklar iste’mol qilish, tamaki chekish, noto‘g‘ri ovqatlanish va stress (ruhiy zo‘riqish) keltirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklar va ayollar uchun eng xavfli yosh aniqlandi