07:31 / 24.11.2019
4 259

Kartoshka chipslari inson uchun zararlimi?

Kartoshka chipslari inson uchun zararlimi?
Do‘stlarimiz bilan kino ko‘rishga yoki biror ko‘ngilochar tomoshalarga borganimizda ko‘pincha ermak uchun pista, popkorn yoki chipslarni sotib olishni xush ko‘ramiz. Qadoqlangan qovurilgan kartoshkalar haqida ko‘pincha «sog‘liq uchun zararli» degan ta’rifni eshitib qolamiz. Ular nima uchun xavfli bo‘lishi mumkin?

Kartoshka chipslarining zarari shundan iboratki, uning tarkibida trans-yog‘lar mavjuddir. Inson organizmida ikki xil yog‘lar mavjud bo‘lishi mumkin:
1. Organizm uchun foydali yog‘lar (uglevodlar va boshqalar);
2. Organizm uchun xavfli bo‘lgan yog‘lar (xolesterin va shunga o‘xshash yog‘lar).

Tabiiyki, trans-yog‘lar albatta inson organizmi uchun zararli yog‘lar guruhiga kiradi. U shifokorlar buyuradigan parhezli taomlar tarkibida umuman uchramaydi desa ham bo‘laveradi. Trans-yog‘lar insonlarda uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sababchilaridan biridir.

Ushbu yog‘lar zararliligi bo‘yicha xavfli moddalar bilan boyigan bekon moyidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Trans-yog‘larining ta’siri tufayli insonlarda yurak xastaligi, Alsgeymer va diabet, saraton kabi xavfli kasalliklar kuzatilishi mumkin. Ayollarda bepushtlik, jigar yetishmovchiligi, ortiqcha semizlik hamda depressiya kabi kasalliklarga ham olib kelishi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kartoshka chipslari inson uchun zararlimi?