Sog‘liqni saqlash bo‘yicha dunyo mutaxassislari eng shifobaxsh mevalardan bir nechtasini tavsiya etishmoqda:
1. Greypfrut - ushbu meva eng shifobaxsh sitrus mevalaridan biridir. Vitaminlar va minerallarning yaxshi manbai bo‘lish bilan bir qatorda, u vazn yo‘qotish va insulin kabi kasalliklarning oldini olish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, u qondagi xolesterin miqdorini ham pasaytiradi.
2. Ananas - tropik mevalar orasida ananas ovqatlanish ratsionida super yulduzdir. Bir stakan (237 ml) ananas S vitamini uchun Referension kundalik iste’mol qilishning (RDI) 131%i va marganetsning 76%i bilan ta’minlaydi. Ananas shuningdek, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari va oqsilni hazm qilish qobiliyati bilan mashhur fermentlar aralashmasidan iborat bromelainni ham o‘z ichiga oladi. Insonlar hamda hayvonlarni tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, bromelain saraton va o‘sma rivojlanishidan himoya qiluvchi moddadir.
3. Avokado - ko‘pgina mevalar uglevodlarga boy hisoblansada, avakado tarkibida uglerod miqdori juda past va asosan uning tarkibi sog‘liq uchun foydali yog‘lardan iboratdir. Avokado tarkibidagi yog‘larning katta qismi olein kislotasi bo‘lib, yallig‘lanishni pasaytiradi va yurak faoliyatini yaxshilaydi. Sog‘lom yog‘larga qo‘shimcha sifatida, avokadolar kaliy va magniy moddalari bilan boyitilgan. Kaliyning yetarli miqdorda iste’mol qilinishi qon bosimining pasayishi va qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”