15:30 / 01.01.2020
3 735

Qaysi rohat yaxshi: ruhnikimi yo badanniki?

Qaysi rohat yaxshi: ruhnikimi yo badanniki?
Ba’zi odamlarning iste’dodi, bilimi va imkoniyati bo‘la turib, past va quyi tabaqada yurishga rozi bo‘lishiga hayratlanar edim. Gohida ular o‘zlarining bunday holatiga boshqalarni ham chaqirganini ko‘rganimda esa hayratim yanada ortib, meni bir savol qiynar edi: «Bilimi yetarli, imkoniyati bor, nima uchun harakat qilmayapti?»

O‘ta sinchkov va nozik did egasi bo‘lgan mashhur olimlarimizdan birining so‘zlarini o‘qiganimdan keyin bu savolimga qisman bo‘lsa-da javob topgandek bo‘ldim.
Aziz o‘quvchi, o‘sha so‘zlardan ba’zi iqtiboslarni sizga ham havola qilaman:
«Odam bolasining badani yerdan, ruhi esa osmon mulkidan yaratilib, so‘ng ikkisi qorishtirildi. Agar inson badanni och qoldirib, tunlari bedor bo‘lsa va o‘z xizmati uchun safarbar qilsa, ruh yengil tortib, rohatlanadi, o‘zi yaratilgan o‘ringa intiladi va oliylik olamiga mushtoq bo‘ladi. Agar badanni to‘ydirib, ne’matlarga g‘arq qilsa, g‘aflatda qoldirsa va uning xizmati, rohati uchun intilaversa, badan yaratilgan joyiga yopishib, ruhni ham o‘zi bilan birga pastga tortadi va hibs etadi. Agar ruh mahbuslikka o‘rganib qolmasa, o‘zi yaratilgan olamdan uzilib qolgani uchun ayriliq azobidan qutulish maqsadida albatta yordam so‘ragan bo‘lardi. Xullas, badan qancha yengil bo‘lsa, ruh shuncha jozibali, chaqqon bo‘ladi va buyuklik olamini talab qiladi. Badan qanchalik og‘ir bo‘lsa, rohat-farog‘atda bo‘lsa, ruh shuncha og‘ir bo‘lib, oliylik olamidan tushadi va past tabaqada bo‘ladi...».

Shu yerga yetganda Payg‘ambarimiz sollallahu alayhi vasallam Islom ummatining ittifoqiga ko‘ra, mo‘minlarning eng afzal kishilari orasida bo‘lishlariga qaramay, Rafiqul-a’loni ixtiyor qilganlari yodimga tushdi. «Badanni ruhning rohati bilan qiynagin, ruhni badanning rohati bilan emas! Chunki ruhning rohati buyukroq, davomliroqdir. Badanning rohati esa yengil va o‘ta qisqadir. Allohning O‘zi madad bersin».

Qudratulloh Ahmad tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi rohat yaxshi: ruhnikimi yo badanniki?