09:45 / 12.02.2020
3 963

Insoniylikni o‘lchaydigan apparat...

Insoniylikni o‘lchaydigan apparat...
Bir ayol qimmatbaho kiyimlar sotiladigan do‘konga kirishda eshik og‘zida turgan faqir bir erkakka ko‘zi tushdi. U eshikka suyanganicha kiyimlarga termulib turar edi.

Ayol erkakni do‘kon ichiga chaqirib, kiyimlar orasidan o‘ziga yoqqanini tanlab olishi mumkinligini aytdi. Erkak uyalib qarshisida turgan bolalar kiyimiga qaradi.

Ayol esa uni tushunib, sotuvchidan o‘sha kiyimdan ikki juftini xaltaga solib berishini so‘radi. O‘zi esa chetroqdan haligi erkakning quvonchini kuzatib turdi. Birozdan keyin erkak kiyimlarni qo‘liga olib, ayolga ko‘p rahmatlar aytgancha dukondan chiqib ketdi. Ayol esa kiyimlar pulini to‘lash uchun to‘lov chekini so‘radi. Chekni qo‘liga olgan ayol kutilmaganda boshqa yozuvga ko‘zi tushdi.

Do‘kon egasi unga shunday yozib qo‘ygan edi:
«Bizda insoniylik qiymatini o‘lchay oladigan apparat yo‘q!»

Sadaqani ko‘paytiring, rizqingiz ziyoda bo‘ladi.
Namozingizda xush’ni ko‘paytiring, halovatingiz ortadi.
Ota-onangizga yaxshilik qilishni ko‘paytiring, muvaffaqiyatlaringiz ko‘payadi.

«Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur..» (Taloq 2, 3)
«Kim Allohga taqvo qilsa...» — bu shart.
«U zot uning yo‘lini ochib qo‘yur...» — bu va’da.
«Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur...» — bu esa mukofot.

Shartlarga rioya qiling, va’daga haqli bo‘lasiz va mukofotni qo‘lga kiritasiz.

Ikrom Sharif tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insoniylikni o‘lchaydigan apparat...