
Kun davomida quyida qayd qilingan foydali jihatlarni amalga oshirish uchun vaqtini ajratgan insonlarning shaxsiy hayoti keskin tarzda yaxshi tomonga o‘zgarib ketadi:
- Kuniga 20 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, salomatligingiz xavotirini chekmaysiz;
- Har kuni 20 daqiqasini uy sarishtaligiga sarflagan odam besaranjomlik g‘amidan qutuladi;
- Kuniga 20 daqiqasini diqqatni jamlash uchun sarflagan kishi ijod qobiliyatsizligidan nolimaydi;
- Eri yo xotinini eshitish uchun kuniga 20 daqiqa ajratadiganlar munosabatlarda muammo chiqishidan xavotir olmasa bo‘laveradi;
- Bir kunda 20 daqiqa foydali kitob o‘qiydigan kishi dunyoqarashi kengayishiga ishonaverishi mumkin;
- Kuniga eng kamida 20 daqiqa vaqtini bolalariga bag‘ishlagan odam esa ular orqasidan yaxshi gap eshitishga umid qilsa bo‘ladi;
- Bir kunda 20 daqiqa ochiq havoda sayr qilgan kishining nafas yo‘llari kasalliklaridan uzoq bo‘ladi;
- Daromad keltiruvchi manba yaratish to‘g‘risida har kuni 20 daqiqa bosh qotirgan inson moliyaviy farovonlikdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi;
- Kuniga dam olish uchun 20 daqiqa fursat ajratadigan inson holdan toyish va qattiq toliqishdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi;
- Foydali kitoblar o‘qish uchun kuniga 20 daqiqa vaqt ajratadigan kishi qanday qilib mutaxassis bo‘lish to‘g‘risida kuyinmasa ham bo‘ladi;
- Kuniga 20 daqiqa o‘zi bilan qolib, ishlarini tahlil qilolgan odam hayotning chigal yo‘llarida adashib qolmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar