16:53 / 29.02.2020
3 395

Bolalarda yolg'on...

Bolalarda yolg'on...
Deyarli barchamiz kundalik hayotimizda yolg‘on gapirib turamiz. Eh; "Bugun siz bilan birga borishni xohlamayman" deyishning o‘rniga, "menda boshqa zarur yumushim bor" deymiz. Agar haqiqatni gapiradigan bo‘lsak, biz yaqinlarimizni xafa qilishdan qo‘rqamiz. Bu har kimning fe’l atvoridan kelib chiqadigan hodisa. Odatda o‘zimiz ishlatadigan yolg‘onlarni zaruriy, boshqalarnikini esa uydirma deb bilamiz.

Aslida, bolalar yolg‘onlari kattalar singari unchalik sezilmaydi. Bola haqiqatni yaxshi baholay olmasligi sababli, u ko‘rgan narsasini buzish yoki tuzatish orqali baholaydi. Ba’zi ota-onalar bolaga yuz bermagan hodisalar to‘g‘risida gapirishni man etishadi va u ularni tinglash va fikrlarini qabul qilish o‘rniga bolani ayblashadi. 3-5 yoshli bolaning tasavvurlari juda keng bo‘lgani uchun, ular aql bovar qilmaydigan voqealarni aytib berishadi va ular rost va yolg‘onni farqlay olmaydilar.

1- Xayoliy yolg‘on: yosh bolalar haqiqatni yaxshi baholay olmaganliklari uchun haqiqatni o‘zlari bilgancha tasvirlaydilar. Kattalar ularni yolg‘on deb o‘ylashadi.
2-Taqlidiy yolg‘on: Bolalar ota-onadan o‘rnak olishadi. Ota-onalarning yolg‘oniga guvoh bo‘lgan bola yolg‘on gapirishni boshlaydi. Eh; Shifokor huzuriga kelgan ota-onalar bolaning yolg‘on gapirishiga zamin yaratadilar.
3-Ijtimoiy yolg‘on: Bu eng keng tarqalgan yolg‘on turi. Biror joyga borganimizda, borishni xohlamasak, "kasalman" deymiz.
4-mudofaa yolg‘oni: bola o‘zini himoya qilish uchun yolg‘on gapiradi, agar bola tez-tez kamsitilsa, unga iliq munosabat bildirilmasa, bola o‘z-o‘zidan yolg‘on gapirishga tushadi.
5-shon-sharaf uchun ishlatiladigan yolg‘on: boshqalarning hurmatiga sazovor bo‘lish uchun ishlatiladigan yolg‘on turi.

Ba’zan bolalar sog‘inganidan kichik bir hiyla ishlatishadi. Mehrga tashna bola yolg‘onga murojaat qilib, "Mening onam o‘ldi" deb aytadigan bo‘lsa, u ukaning tug‘ilishiga befarq bo‘lgani uchun qizg‘anganidan aytadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolalarda yolg'on...