07:39 / 26.04.2020
3 441

Bola tarbiyasida eng muhim jihatlar

Bola tarbiyasida eng muhim jihatlar

Nega farzandim mendan o‘zini olib qochadi? Nega farzandim yolg‘on gapiradi? Bolaning bunday bo‘lishiga, nima sabab bo‘ladi? Bolalar bilan munosabatlarni mustahkamlashda 5 ta jarayonga ahamiyat qaratish kerak!

1. Bola bilan gaplashganda, hech qachon undan yuzingizni o‘girmang. U bilan bir xil darajada bo‘ling va uning ko‘zlariga qarab gapiring.

2. Bola bilan doimo yaqin bo‘ling. Har doim qo‘lidan ushlab qo‘llab-quvatlashingizni bildiring. Hech qanday sabablarsiz uni quchoqlang.
Oilada bu narsa odatga aylanishi kerak! U bola bilan munosabatlarni kuchaytiradi, bolani yuragini tinchlantiradi, va sizga bo‘lgan ishonchi oshadi!

3. Agar bolangiz sizga biron narsa aytsa, u sizni tushunishi oson bo‘lishi uchun aytganlaringizni izohlab bering. Siz e’tibor ko‘rsatishingiz va bolaning aytganlariga qiziqishlaringizni namoyon etishingiz kerak. Bu unga e’tibor berishlariga ishonch hissini oshiradi.

4. Bolangizga ko‘proq tabbasum qiling. Soatga qaramang, shoshilmang. Ha ba’zida bizning sharoitimiz tufayli oson bo‘lmasligi mumkin. Ammo shunga qaramay, biz ularga vaqt va e’tibor bermasak unda kim beradi?

5. Eng muhimi uni hamma narsada tushunganingizni ko‘rsating va bolani sizni yoningizda bo‘lganida, zerikishga yo‘l qo‘ymang. Hech qanday holatda boshqa ishlaringiz, boladanda qiziqroq va muhim ekanini ko‘rsatmang, bu - bola ruhiyatiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin!

Endi o‘tirib xulosa chiqaring va sizda qanday xatolar borligi haqida o‘ylab ko‘ring.

Malohat Ravshanovna

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bola tarbiyasida eng muhim jihatlar