Yurak uchun eng foydali mevalar aytildi

Yurak uchun eng foydali mevalar aytildi
Har kuni apelsin iste’mol qilish arterial qon bosimini pasaytirib, yurakning yaxshi ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar berdi "Xalq so‘zi" nashri.

Misrlik olimlarning aniqlik kiritishlaricha, sitrus mevalar organizmdan zararli moddalarni chiqarib yuboradigan antioksidantlarga boy.
Xususan, apelsin tarkibida kaliy tuzi ko‘p. Bu yurakning barqaror urishi va qon bosimini nazorat qilishda zarurdir.

Bu kabi mevalarni muntazam iste’mol qilish organizmda “yaxshi” xolesterinni shakllantiradi va vena tomirlarini kengaytirib, nafas yo‘llari kasalliklariga nisbatan chidamlilikni oshiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar