
Foto: «1zoom.me»
Ispaniyada tibbiyot mutaxassislari chernika va sarimsoqni immun tizim faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda «La Vanguardia» gazetasi xabar berdi.
Zamburug‘, bakteriya va viruslarga qarshi kurashishda tabiat ne’matlari orasida, shubhasiz, sarimsoq yetakchilik qiladi. Undan keyingi o‘rinlarda E vitaminiga boy bodom va nafas yo‘llarini himoyalovchi chernika turadi.
Bundan tashqari, shifokorlar kurka yoki tovuq sho‘rva ichishni tavsiya etishadi. Chunki ular shamollaganda shilimshiq hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, beta-karotinga boy kartoshka hamda tarkibida kletchatka, antioksidant, mineral va vitaminlar ko‘p bo‘lgan brokkoli iste’mol qilish lozim.
Ro‘yxatga, shuningdek, qo‘ziqorin, qora shokolad, anor, kivi, papayya, ismaloq, undirilgan bug‘doy maysasi, ustritsa, mollyuska va sitrus mevalar kiritilgan.
Ziravorlardan zanjabil bilan kurkuma, ichimliklardan ko‘k choy bilan kefir immunitetni mustahkamlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar