07:00 / 15.03.2020
9 282

Xo‘sh, siz kimsiz? Shakllardan birini tanlaymiz...

Xo‘sh, siz kimsiz? Shakllardan birini tanlaymiz...

1. Siz hayotda aniq reja va maqsadlari bor insonsiz. Siz maqsadlaringiz tomon hech qanday og‘ishmay borasiz. Siz juda ham mehribon va sahiy insonsiz negaki siz atrofingizdagilarga yordam berishni juda yoqtirasiz. Ba’zida esa siz boshqalar fikri haqida qattiq o‘ylanib qolasiz.

2. Siz yaqinlari haqida har doim qayg‘uruvchi mehribon insonsiz. Siz energiyaga to‘la va hazil hissi yaxshi rivojlangan insonsiz. Siz bir joyda uzoq o‘tira olmaysiz va shuning uchun ko‘proq vaqtni do‘stlaringiz bilan o‘tkazasiz. Maqsadga erishish uchun ko‘plab qobiliyatlarga egasiz.

3. Siz eng qiyin muammolarni ham hal qila olasiz faqat o‘zingizning talantlaringizni ko‘rsatishingiz kerak. Odamlar sizdan ularga yordam berishlarini so‘ramagan holatlarda ham siz ularga yordamingizni ayamaysiz. Siz ko‘plab yangi va qiziqarli narsalarni bilib olishga qiziqasiz. Qaror qabul qilishdan oldin barcha holatlarni tekshirib ko‘rasiz. Sizda havas qilsa arziydigan intuitsiyangiz bor.

4. Siz xotirjam, hech kim bilan urishmaslikka harakat qiladigan insonsiz. Siz juda ham haqiqatgo‘ysiz, shuning uchun sizni aldashlarini yomon ko‘rasiz. Siz boshqalarga berayotgan va olayotgan narsalaringizda balans hosil qilishga harakat qilasiz. Ko‘pchilik insonlar sizning mehribonligingizdan foydalanishlari mumkin, shuning uchun yo‘q deyishni o‘rganishingiz kerak.

5. Siz haqiqiy lidersiz. Biroz og‘ir insonsiz, ammo juda ham botirsiz. Juda ham ko‘p ishlaysiz va shuning uchun stressdan aziyat chekasiz. Siz o‘z vaqtingizni shunday tuzishingiz kerakki orzularingizni reallikka aylantira olishga vaqtingiz bo‘lsin. Agar shunday qilsangiz ishingiz sizga tez orada faqat mamnunlik emas hatto natija ham olib kelishni boshlaydi.

6. Sizning intuitsiyangiz yaxshi rivojlangan. Sizning ko‘plab yuzaga chiqarish kerak bo‘lgan qobiliyatlaringiz bor. O‘zingizga bo‘lgan bahoyingizni oshiring, ya’ni agar siz o‘zingizni sevishni boshlasangiz, atrofingizdagilar ham sizga qoyil qolishni va hurmat qilishni boshlashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xo‘sh, siz kimsiz? Shakllardan birini tanlaymiz...