GETTY IMAGES
O‘limga olib boruvchi koronavirus dunyo bo‘ylab shu qadar tez tarqalmoqdaki, vaziyatga to‘satdan duch kelgan ko‘plab mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimlari bunga dosh bera olmayapti. Infeksiya avj olishi kuzatilgan hududlardan kelganlarning barchasidan bir vaqtda tahlil olish imkonsiz va rasmiylar virusning ehtimoliy tashuvchilaridan shaxsiy ihotalanishni — uyda karantin uyushtirishni so‘rashmoqda.
Inkubatsiya davridan keyin (14-28 kun) xavotir soxta yoki o‘rinliligi aniq bo‘ladi va shunga qarab inson yo kasalxonaga joylashtiriladi yoki odatiy hayot tarziga qaytadi.
Masalan, Britaniyada jarayon quyidagicha: Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining (NHS) ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qayerdan kelingani va alomatlar (agar ular allaqachon mavjud bo‘lsa) haqida aytib berish kerak. Shundan so‘ng, ehtimoliy bemor va uning qarindoshlaridan uydan chiqmaslik va keyingi ko‘rsatmalar tushuntiriladigan qo‘ng‘iroqni kutish so‘raladi.
O‘zbekistonda 16 martdan joriy qilingan koronavirus karantini vaqtida fuqarolar savollariga javob berish uchun yagona koll-markaz — 1003 raqami ishga tushdi.
Ushbu maqola muallifi Avstriyaning Italiya shimoli bilan chegaradosh hududida bo‘lib qaytganidan so‘ng (oila a’zolari bilan birgalikda) uch kunni uy izolyatsiyasida o‘tkazdi. NHS’ga qo‘ng‘iroq qilishga sabab - o‘zini yomon his qilgan vaqti Avstriyaning aynan o‘sha tumanida koronavirusning ilk holatlari qayd etilgani haqida xabarlar tarqalgani bo‘ladi.
Karantin paytida biror ortiqcha noqulaylik sezmadik, ammo bizning karantinimiz yana bir necha kunga cho‘zilganda, tashqaridan yordam olish zaruriyati tug‘ilardi.
Bu kabi vaziyatda nima qilish kerak? Uy karantiniga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Nima sotib olish zarur?
Odatda, kasallikdan shubha qiladigan odam uyda yetarlicha non va hojatxona qog‘ozi bor yoki yo‘qligi haqida deyarli o‘ylamaydi. Ammo shifokorlar tomonidan telefonda qat’iy ravishda «uyda karantin saqlang» tavsiyasi yangrashi bilan, bu narsalar birinchi o‘ringa ko‘tariladi, chunki bu soniyadan boshlab (agar siz ongli fuqaro bo‘lsangiz) do‘konga tashrif buyurish siz uchun imkonsiz bo‘ladi.
Qarindoshlaringiz yoki do‘stlaringizdan siz uchun oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlarini olib kelib, ularni eshigingiz tagida qoldirishlarini so‘rang.
Parhezga doir maxsus ko‘rsatmalar yo‘q, hamma narsani yeyish mumkin. Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar birinchi navbatda zarur.
Guruch, makaron mahsulotlari, don, loviya kabi mahsulotlarni zaxiralash tavsiya etiladi — ular uzoq vaqt saqlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari, shuningdek, zarur qamal vaqtida shaxsiy ehtiyojingiz ortadigan mahsulotlardan o‘zini cheklamaslikni tavsiya etadi — shokolad, qahva, pechene, yong‘oq. Bundan tashqari ichimlik suvi ham.
Bir martalik quruq salfetkalar olib qo‘ying — yo‘tal va burun qoqishda faqat ulardan foydalaning. Nam salfetkalardan bu maqsadda foydalanish tavsiya etilmaydi.
Yana bir muhim zarurat — hammom va hojatxonani dezinfeksiyalash vositalari. Agar oilangiz bilan uy karantinida bo‘lsangiz, bu xonalardan hammadan keyin foydalanishga harakat qiling. Vanna qabul qilishdan voz keching, faqat tez oquvchi suv ostida dush oling va har yuvinishdan keyin sochiqni almashtirish tavsiya etiladi.
Ehtimol, uzoq karantinning eng katta noqulayligi chiqindi tashlashga chiqish mumkin emasligidir. Chiqindi uchun paketlar olib qo‘ying, chunki siz uni ikki qavat yoki hatto uch qavat polietilenga solib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Mahkam bog‘langan paketlarni uyning eng salqin joyida saqlang. Agar sizda virus borligi tasdiqlansa, uyingizdagi chiqindilar tibbiyot organlarining maxsus ko‘rsatmalariga muvofiq yo‘q qilinadi.
Xonalarni yaxshi shamollating, eng yaxshisi, derazani doimo ochiq qoldiring.
Kichik maydonda o‘zini izolyatsiya qilish
Agar qarindoshlaringiz bilan birga karantinda bo‘lsangiz ro‘molchani tez-tez almashtirishga va ulardan ihotalanishga harakat qiling
GETTY IMAGES
Uy karantinidagi eng qiyin narsa — oilaning boshqa a’zolaridan izolyatsiyalanish. Bu deyarli imkonsiz va ularning niqob kiyishi ham o‘zini himoya qilishga yordam berishi juda qiyin.
Albatta, eng oddiy tavsiyalarga amal qilishimiz kerak, ammo o‘z tajribamdan kelib chiqqan holda vijdonan harakat qildim.
- Barchadan alohida uxlashga harakat qiling
- Qanchalar qiyin bo‘lmasin - bolalarni quchoqlamang va o‘pmang
- Umumiy idishdan ovqat yemang
- Sochiq, mochalka va tish cho‘tkalarini alohida saqlang
- Umumiy telefondan foydalanmang
O‘z-o‘zini davolash
Koronavirusga qarshi hech qanday profilaktika vositasi mavjud emas.
Agar siz allaqachon virusni yuqtirgan bo‘lsangiz, apelsin shaklidagi bir tonna S vitamini ham, paratsetamol ham (har qanday dozadagisi) naf keltirmaydi.
Uyda sharoitida amalga oshirish mumkin bo‘lgan birgina narsa — agar harorat ko‘tarilsa, uni pasaytirishdir. Alomatlar boshlanishidan oldin biror chora ko‘rish yaramaydi.
Agar siz doimiy ravishda biror dori qabul qilsangiz, oldingi bir necha hafta uchun zaxirangiz borligiga ishonch hosil qiling.
Agar siz karantinda yolg‘iz bo‘lsangiz, har kuni yaqinlaringizni o‘zingizni qanday his qilayotganingiz haqida xabardor qilib boring.
Shifokorlar ta’kidlashicha, eng muhimi — ruhiy salomatligingiz haqida qayg‘uring. O‘zingizni yaxshi his qilsangiz, filmlar tomosha qiling, kitob o‘qing, musiqa tinglang, yaqinlaringiz bilan telefon orqali muloqot qiling.
Yana nima?
Agar 2-3 hafta ichida koronavirus simptomlari paydo bo‘lsa, sizni shifoxonaga olib ketishadi / AFP
Keyingi voqealar rivoji faqat ikki xil bo‘ladi.
Agar bir muncha vaqt davomida sizda haqiqatan ham koronavirus alomatlari yuzaga kelsa, bu haqda tez yordam xizmatiga xabar berishingiz kerak va shifokorlar sizga g‘amxo‘rlik qilishadi.
Agar sizning ahvolingiz 14 kun ichida yomonlashmasa, bunda ham sog‘liqni saqlash tizimining ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak bo‘ladi, shu orqali sizda tashxis tasdiqlanmaganligi rasmiy ravishda qayd etiladi.
Mening vaziyatimda, to‘g‘risini aytganda, uchinchi ssenariy kuzatildi: ahvolim o‘z-o‘zidan yaxshilandi va shubhalanish sababi bir necha tasodiflar bilan kuzatilgan odatiy holsizlanish alomati ekani aniqlandi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi