23:35 / 17.03.2020
3 537

Quvonch shirinliklari: Ezoterik shokoladning inson hayotiga ta’siri ma’lum qilindi

Quvonch shirinliklari: Ezoterik shokoladning inson hayotiga ta’siri ma’lum qilindi
Ezoterik (ezoterizm – mistik ta’limotlardagi odamlar uchun noma’lum bo‘lgan bilimlar majmuasi) mutaxassis shirinliklar tanani salbiy energiyadan tozalash qobiliyatiga ega ekanligini ta’kidlashmoqda.

Har bir inson hayotida kamida bir marta biror shirinlikni tatib ko‘rgan, ammo har bir kishining unga munosabati turlichadir. Ba’zilar uchun shokoladsiz o‘tgan bir kun jazodek tuyulsa, boshqalar esa choydagi bir qoshiq shakarga ham toqat qilisholmaydi.

Shokoladning inson hayotidagi ahamiyatini o‘rgangan mutaxassisning ta’kidicha, qadim zamonlarda shokolad faqat badavlat odamlar uchun tansiq shirinlik hisoblangan, chunki har kim ham uni sotib olishga qodir emasdi. Shu bois, bu shirinlik ustida ko‘plab mahfiy rejalar amalga oshirildi, u sehrli ta’sirlarga ega bo‘ldi va eng kuchli sevgi va hurmat ramzi sifatida boshqalarga sovg‘a qilindi.

Qora shokolad sog‘liq uchun nafaqat foydali xususiyatlarga ega, balki inson tanasi va ongini salbiy energiyadan poklashi mumkin. Bu uning avval nordonlikni, so‘ngra shirinlikni keltirib chiqaruvchi ta’mi bilan bog‘liq. Nordonlik bilan omuxtalangan shirinlikning «ochilishi»dan so‘ng salbiy quvvatlar darhol chekinadi. Tabiiy elementlarga boyligi sababli bu shokolad zararli hisoblanmaydi, ayniqsa, ko‘p shirinlik mumkin bo‘lmaganlar hamda kaloriya istaganlar uchun.

Sutli shokolad tanani ijobiy quvvatlantirishga imkon beradi. Shirinlik va sut shaklidagi tabiiy qo‘shimchalar tufayli miya endorfinlardan xalos bo‘ladi, kayfiyat yaxshilanadi, umumiy sog‘liq va fikrlash tartibga keladi. Ezoterik stressli vaziyatlarda yoki nimadandir qayg‘uli davrda sutli shokolad iste’molini tavsiya qiladi.

Oq shokolad tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Ilgari bu shirinlik kamyob bo‘lgan, undan ijobiy fikrlash bilan ishlashni o‘rganishga yordam berish va ba’zan qarama-qarshi jinslar e’tiborini jalb qilish uchun foydalanilgan. Mutaxassis oq shokoladning bu kabi noyobligi bugungi kunda ham saqlanib qolganini istisno qilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quvonch shirinliklari: Ezoterik shokoladning inson hayotiga ta’siri ma’lum qilindi