23:52 / 27.03.2020
12 611

Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 koronavirusni aniqlash va davolashda tavsiya qilinadigan eng dorilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu Rossiya SSV tomonidan chiqarilayotgan tavsiyanomaning 4 –tahriri bo‘lib unga bir qator yangi preparatlar nomlari kiritilgan.

Rossiyalik mutaxassilar doimiy ravishda xorijlik hamkasabalari bilan muloqotda bo‘lib, koronavirusni davolashda eng samarali choralar borasida fikr almashmoqdalar, deyilgan xabarda.

Atipik pnevmoniyaga chalingan bemorlarni kuzatuv natijasida bir necha dori vostalarini o‘zaro biriktirilgan holda foydalanish samarali deb topilgan. Xususan bu Lopinavir + ritonavir, xloroxin, gidroksixloroxin va interferonlardir, - deyilgan xabarda.
Shuningdek COVID-19ni davolashda samarali deb hisoblangan va ayni damda klinik sinovdan o‘tayotgan dori vositalari orasida umifenovir, remdesivir, favipiravir kabi dorilar bor.

Ayni damda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 465 ming kishini tashkil qilgan, vafot etganlar soni 21 kishidan oshgan. Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 1036 kishini tashkil qilmoqda. Shundan 703 kishi – Moskvada.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi