11:04 / 11.04.2020
3 853

O‘zingizdagi rahbarlik brendini takomillashtirishni boshlang

O‘zingizdagi rahbarlik brendini takomillashtirishni boshlang
LIDЕRNI NATIJASIGA KO‘RA BAHOLASHADI
natija esa odamlar liderga ishonch bildirishganidagina yuzaga chiqadi. Muvaqqiyatli lider qiyofasi ayni shu - ikki tomonlama ishonchga asoslanib namoyon bo‘ladi. Lider o‘zining shunday barqaror qiyofasini saqlash uchun bir necha maslahat mavjud.

IBRAT BO‘LING.
Rahbar aytayotgan gap-muhim, uning qilayotgani esa undan-da muhim. Odamlar va’da berib, o‘z so‘zining ustidan chiquvchi rahbarning ortidan ergashishadi. Muddatida bajarilmagan ishlar, ehtimolki, boshqaruvning uquvsizligiga to‘la-to‘kis dalolat bo‘lmas, lekin boshqalarga ibrat bo‘la olmaslik aynan shundan darak beradi.

FIKRINGIZNI HIMOYA QILING.
Rahbarning asl qiyofasi mushkul damlarda o‘zini qanday tutishida ko‘rinadi. Opportunizm (proletariatning manfaatlarini burjua manfaatlariga bo‘ysundurishga, burjua bilan hamkorlik qilishga inqilobiy kurash yo‘lidan voz kechishga undovchi oqim) ko‘pgina rahbarlarni nobud qildi. Lider uchun qat’iyat juda muhim. Yaxshi rahbarlar - o‘z qarashlarida mustahkam turib, harakatlarida bundan og‘ishmagan rahbarlardir. Ular hamisha ham g‘oliblar safida bo‘lmasliklari mumkin, lekin odamlar ularning kim ekanliklarini, fikrlaridagi mohiyatni yaxshi bilishadi.

UMID VA ISHONCH UYG‘OTING.
Liderlar odamlarning o‘zlariga ishonishlari uchun ularga asos berishlari kerak. Liderlar istiqbolga qarab kelajakdagi imkoniyatlarni ko‘rishadi. Kiyin esa bo‘lganlarini atrofdagilar bilan bo‘lishadi. Rahbar kelajakni ko‘ra olishi va hammasi yaxshi bo‘lishiga nisbatan ishonchini namoyon qila bilishi kerak.

UPGRADE | Biznes maktab

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizdagi rahbarlik brendini takomillashtirishni boshlang