20:39 / 30.04.2020
3 488

Iftorlik uchun «qush ini» salatini tayyorlang

Iftorlik uchun «qush ini» salatini tayyorlang
Foto: Getty Images
Salatning ortiqchasi bo‘lmaydi. Mazali, foydali shu bilan birga tez tayyorlanadigan salat dasturxon ko‘rki hisoblanadi. E’tiboringizga «qush ini» salati retseptini havola qilamiz.

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Tovuq filesi — 500 gr
Tuxum — 5 dona
Kartoshka — 500 gr
Piyoz — 100 gr
Bodring — 250 gr
Ko‘katlar
Tuz
Mayonez
O‘simlik yog‘i

Tayyorlanish jarayoni:
1. Tovuqni qaynatib pishiring va mayda qilib to‘g‘rang.
2. Piyozni maydalang.
3. Kartoshkani ingichka somoncha qilib to‘g‘rang va qovuring.
4. Bodringni ham somon shaklida to‘g‘rang.
5. Pishgan tuxumni oqi va sarig‘ini ajratib qirg‘ichdan chiqaring.
6. Ko‘katlarni to‘g‘rang.
7. Qovurilgan kartoshka, bodring, file, tuxumning oqi, piyoz hamda tuz va mayonez qo‘shib aralashtiring.
8. Salat uchun mo‘ljallangan idishga soling.
9. Salat ustining chetlariga qovurilgan kartoshkani aylana shaklda terib chiqing.
10. O‘rtasiga tuxum sarig‘​i uning ustidan ko‘kat soling va ta’bga qarab bezating.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iftorlik uchun «qush ini» salatini tayyorlang