06:46 / 06.05.2020
7 196

Saharlikka o‘z qo‘lingiz bilan lavash tayyorlang

Saharlikka o‘z qo‘lingiz bilan lavash tayyorlang
Foto: Getty Images
Ba’zida ko‘ngil tansiq yeguliklar istaydi. Mazali taom yeyish uchun esa karantin tugashini kutish shart emas. Xohish bo‘lsa kifoya, uy sharoitida istalgan taomni pishirish mumkin. Saharlik uchun tez tayyorlanadigan, mazali lavash retseptini taqdim qilamiz.

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Lavash xamiri
Qiyma — 700 gr
Piyoz 2 dona
Pishloq — 250 gr
Pomidor 2 dona
Tuxum 3 dona
Mayonez — 150 gr
Smetana — 200 gr
Ko‘katlar
Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
O‘simlik yog‘i

Tayyorlanish jarayoni:
- Birinchi bo‘lib qiymani tayyorlab oling. Qiyma mol go‘shti bo‘lishi shart emas, tovuq filesidan ham foydalanish mumkin.
- Qiymaga tuz, murch, mayda qilib to‘g‘ralgan piyozni qo‘shing.
- Tayyor bo‘lgan aralashmani qizigan o‘simlik yog‘iga solib qovurib oling.
- Pomidorni dumaloq, ko‘katlarni mayda qilib to‘g‘rang.
- Pishloq qirg‘ichdan chiqariladi.
- Lavash xamiri ochiladi va ustiga qiyma solinadi.
- Qiyma ustidan pomidor, pishloq va ko‘katlar teriladi.
- Mayonezga smetana qo‘shib sous tayyorlanadi va ushbu sous mahsulotlarning ustidan kerakli miqdorda solinadi.
- Lavash ehtiyotkorlik bilan rulet qilib o‘raladi.
- Pech uchun mo‘ljallangan idishga solinadi.
- Boshqa bir idishga tuxum chaqib, tuz qo‘shiladi va yaxshilab aralashtirib olinadi.
- Chaqilgan tuxum lavash ustiga surtiladi, agar maxsus chuqurroq idishga solib pishirayotgan bo‘lsangiz unda aralashmani idishga quyib yuborishingiz ham mumkin.
- Lavash qizigan pechga 20-25 daqiqaga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saharlikka o‘z qo‘lingiz bilan lavash tayyorlang