07:30 / 09.05.2020
2 837

Ro‘za organizmni mikroblardan tozalaydi

Ro‘za organizmni mikroblardan tozalaydi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ro‘za tuting – salomat bo‘lasiz», — deganlar.
Ro‘zaning ahamiyati va foydalari haqida ko‘plab tahlillar, tadqiqotlar olib borilgan.

Xususan, rossiyalik olimlar, professor Nikolayev va Nilovlar 1967 yilda shunday yozishgan edi: «Shaharlarda ekologiyaning yomonlashuvi tufayli, salomat bo‘lish, shlaklar va ortiqcha yog‘lardan tozalanish uchun inson bir yilda kamida uch, ko‘pi bilan to‘rt hafta davomida och bo‘lishi kerak».

Ochlik organizm uchun kuchli zarba bo‘lib, bunda organizmning himoya kuchlarida ulkan impuls yuz beradi.

Bizning organizmimiz shunday yaratilganki, tashqaridan oziq modda kelmay qolsa, uning barcha kuchlari organizmdan shlaklar, kasal to‘qimalar va zararli mikroblarni chiqarib tashlab, uni tozalashga sarflana boshlaydi. Ehtimol, bundan 1400 yil avval musulmonlarga farz qilingan ro‘zaning hikmati ham ana shundadir. Ilm-fan esa ochlikning organizm uchun foydali ekani haqida o‘n to‘qqizinchi asrga kelibgina gapira boshladi.

Bugungi kunda biror bir kasallikning davosini yo davolovchi ochlik, yo parhez, yoki u-bu mahsulotlarning iste’moli cheklanganisiz tasavvur qilish qiyin.

Izlanuvchilar ro‘zaning organizmni tozalashning va hatto o‘smalarni boshlang‘ich bosqichida bartaraf qila oladigan ajoyib kuchini eksperimental isbot qilishdi.

Xususan, Bertlou shunday yozadi: «Shubhasiz, ro‘za organizmni mikroblardan tozalashda ta’sirli ahamiyatga ega».

Olimlar ochlarni kuzatishar ekan sog‘lig‘ining tushuntirib bo‘lmas yaxshilanayotganini va har-xil kasalliklardan tuzalayotganini payqashgan. Ular tomonidan Ramazon oyida ovqatdan tiyilish qonda xolesterin miqdorini kamaytirishi isbotlangan, qaysiki bu o‘z navbatida «XX-asrning qotili» deb nom olgan yurak ishemik kasalligi xavfini pasaytiradi. Va bu olimlar shunday fikrga kelgan yagona holat emas. Butun dunyo bo‘ylab har-xil izlanuvchilar tomonidan bir-biridan alohida holda inson organizmi uchun ro‘zaning foydasi haqida so‘zlovchi ajoyib xulosalar qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ro‘za organizmni mikroblardan tozalaydi