09:00 / 15.05.2020
4 365

Asabiylashmay desangiz...

Asabiylashmay desangiz...
Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashishdan, behuda g‘azablanishdan saqlanish uchun quyidagilarga rioya etish kerak:

1. Ko‘p xastaliklar zamirida asab buzilishi yotishini unutmang.
2. Jigari, buyragi, oshqozoni, yuragi kasal odamlar hayoti notinch, asabi buzuq bo‘lsa, ularni davolash juda qiyin kechishini yodda tuting.
3. Hadeb kayfiyati buzilaveradigan, arzimagan narsaga ham jahli chiqaveradigan kishilarda yurak, oshqozon nevrozi paydo bo‘ladi.

4. Kishi ishda yoki begonalar oldida emas, uyda ham o‘zini bosishi, og‘ir bo‘lishi lozim.
5. Jahl chiqqanda tomirlar qisilib, qon bosimi oshadi, noto‘g‘ri ura boshlaydi, odam kechasi yaxshi uxlay olmaydi, boshi og‘riydi.
6. Qahr-g‘azab, alam, qattiq sog‘inch, tushkunlikka tushish ham spirtli ichimliklar ichish, tamaki, nos chekish yoki ortiqcha vazn kabi omillar sirasiga kiradi.

7. Homilador yoki emizikli ayol osoyishta hayot kechirishi, asabini tashqi muhitning yomon ta’sirlaridan asrashi lozim. Shunda bolaning asabi mustahkam bo‘ladi.
8. Odob-axloq, bir-birini tushunish, boshqalarga nisbatan sabr-toqatli bo‘lish, ishda, ko‘chada do‘stona munosabatlarni vujudga keltirish muhim ahamiyatga ega.
9. Allohning Kalomi Qur’oni karimni, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam hadislarini doim o‘qib yuring.

10. Atrof-muhitdagi ranglarga, tabiat manzaralariga e’tibor berish asab faoliyatini bir me’yorda ushlab turadi.
11. Qovurilgan, yog‘li, sho‘r, achchiq ovqatlarni, qazi, kaboblarni me’yoridan ortiq, har kuni iste’mol qilish asabiylashishga olib boradi.
12. Meva-sabzavotlarni, oshko‘klarni ko‘p iste’mol qiling.

13. Asab buzilganida olma yeyish, hidini hidlash, olma choy ichish tavsiya etiladi.
14. Asabiylashmaslik uchun har kuni 2 daqiqa sekin yugurish, muntazam jismoniy mehnat qilish, badantarbiya bilan shug‘ullanish zarur.
15. Asab tizimi ishini yaxshilash, uning mustahkamligini oshirish uchun V1, V2, V3 kabi vitaminlarga boy arpa non, qo‘y go‘shti, pishloq, tuxum, karam, baliq, qovoq, ismaloq, olma, asal iste’mol qilib turish maqsadga muvofiqdir.

“Baxtli hayot sari” kitobidan

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Asabiylashmay desangiz...