
Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, hayron bo‘lmang.
Bo‘yinbog‘ingizni yechishga ko‘maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko‘rsa, hayron bo‘lmang.
Majlisda nima masala ko‘rilganini so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Majlisda necha kishi qatnashganligini so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Kimning yonida o‘tirganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Telefoningizning rangi qanaqaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Necha kishi qo‘ng‘iroq qilganini so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Qayerda tushlik qilganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Bufet nechanchi qavatdaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Nima ovqat yeganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Bufetchining yoshi nechadaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang.
Sizga choyni qaysi qo‘li bilan uzatganini so‘rasa, hayron bo‘lmang!
Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so‘rasayam hayron bo‘lmang.
Qiziquvchanlik - ayolning tabiiy odati!
O‘tkir Hoshimov
«Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar