Umumiy sog‘liqni tiklash doim organizmni tozalashdan boshlanishi muhim. Organizm tozalanmas ekan, hech qaysi kasallikdan butunlay qutilib bo‘lmaydi. Deyarli barcha kasalliklar organizmning ifloslanishidan kelib chiqadi.
Organizmni tozalashning bir nechta usullari mavjud. Bunda ketma-ketlikka rioya qilish muhim. Organizmni tozalash bilan birga kundalik oziqlanish sifatiga ham jiddiy ahamiyat berish muhim hisoblanadi. Sababi, organizm asosan noto‘g‘ri oziqlanish sababli ifloslanadi.
Tozalanish jarayoni ko‘rsatilgan ketma-ketlikda amalga oshirilishi zarurdir. Organizmni tozalashni amalga oshirishdan avval o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashishni unutmang.
Organizmni tozalash bosqichlari
Ichaklarni va terini tozalash
Immunitetning 90% qismi ichaklarda joylashgan. Noto‘g‘ri ovqatlanish sababli mavjud bo‘ladigan zararli toksik qoldiqlar vaqt o‘tgan sari ichaklarda yig‘ilib boraveradi. Shuning uchun ham ichaklarning muntazam tozalanib turishi umumiy sog‘liq uchun juda muhimdir. Ichaklar holati yaxshi bo‘lmasa kasalliklar paydo bo‘la boshlaydi. O‘lim ichaklarda boshlanadi deyilishi bejiz emas. Ichaklar sog‘lig‘ini ta’minlash – bu har kungi vazifamiz hisoblanadi.
Ichaklar sog‘lig‘ini ta’minlashda eng muhim omillardan biri bu ichak mikroflorasining sog‘lig‘iga jiddiy ahamiyat berishdir. Iloji bo‘lsa har kuni taomlar bilan birga foydali bakteriyalarga boy tabiiy mahsulotlar iste’mol qilish juda muhimdir. Ichaklardagi foydali bakteriyalar organizmni viruslar, bakteriyalar va boshqa patogenlardan himoya qiladi.
Ichaklar sog‘lig‘ini ta’minlashda ich qotmasligiga katta ahamiyat berish nihoyatda muhimdir. Normal holatda kuniga 2 3 marta katta hojatga chiqiladi. Iste’mol qilingan taom hazm bo‘lgach, uning qoldiqlari 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida organizmni tark etishi kerak. Bunga qanday erishiladi? Buning uchun yetarli toza suv va erimaydigan tolalarga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Erimaydigan tolalar ichaklarda supurgi vazifasini bajaradi va qoldiqlarni tashqariga chiqarishda yordam beradi. Erimaydigan tolalarga meva va sabzavotlar (ayniqsa, qora olxo‘ri) va yangi maydalangan zig‘ir urug‘i juda boydir.
Ichilayotgan suvning sifati ham sog‘liq uchun juda muhim, sababi inson tanasining 2/3 qismi suvdan iborat. Suv og‘ir metallar, xlor va ftorsiz bo‘lishiga ahamiyat bering. Suvni tozalash uchun suv tozalovchi filtrlardan foydalansa bo‘ladi.
Teri ham organizmdan ba’zi zararli moddalarni tashqariga chiqarib tashlovchi vositadir. Teriga nima surtsangiz, u qonga so‘rilishi ehtimoli katta. Chaqaloqlar va bolalar terisiga surtilgan moddalar organizmga juda oson so‘riladi. Teriga surtiladigan moddalarning tabiiyligiga ahamiyat berish bilan birga muntazam ravishda terini ishqalab yuvish, ingliz tuzi (Epsom Salt, Magnesium Sulfate) qo‘shilgan vannalar qabul qilib turish tanani zararli moddalardan xalos bo‘lishida katta yordam beradi.
Parazitlardan tozalanish
Parazitlar bu ichaklardagi gijjalar va shunga o‘xshash tirik organizmlardir. Gijjalar o‘zidan chiqaruvchi toksinlar insonni kasal qiladi va immunitetni tushiradi.
Parazitlardan xalos qiluvchi eng samarali vositalar:
- Qora yong‘oq po‘sti (Black walnut hulls)
- Shuvoq (Wormwood (Artemisia Shrub)
- Qalampirmunchoq (Cloves)
Qora yong‘oq po‘sti va shuvoq katta va kichik gijjalarning 100dan ortiq turini yo‘q qiladi. Qalampirmunchoq esa gijjalarning tuxumlarini nobud qiladi.
Buyraklarni tozalash
Buyraklar qonni filtrlash tizimi hisoblanadi. Buyraklar bir kunda 150 litrgacha bo‘lgan qonni filtrlaydi va 2 litrgacha bo‘lgan siydik (qoldiq) ishlab chiqaradi. Toksinlar ko‘payib buyraklarda yig‘ila boshlaganida, ularda toshlar paydo bo‘lishi mumkin.
Buyrak tozalanishi uchun har kuni ko‘p-ko‘p tarvuz iste’mol qilish va/yoki doim seldr urug‘idan choy damlab ichish foydali hisoblanadi.
Jigar va o‘t pufagini tozalash
Jigar ham qonni filtrlaydi va organizmni bakteriya va viruslardan himoya qiladi. Jigar sog‘lom bo‘lganida badan deyarli kasallanmaydi.
Jigar tozalash usullari ko‘p. Quyida eng oson va havfsiz 2 usul sanab o‘tiladi.
1 usul. Uch kun davomida yangi siqilgan dorisiz o‘stirilgan olma suvidan har kuni 1 litrdan ichiladi. Olmadagi tabiiy molik kislota jigardagi qoldiqlarni eritishda yordam beradi. Uchinchi kunning kechki paytida 1 stakan (250 ml) sovuq siqilgan Zaytun yog‘iga (extra virgin cold pressed organic olive oil) 1 ta limonning yangi siqilgan suvini qo‘shib tezda ichiladi va o‘ng tomon bilan to‘shakka embrion pozasida 30 daqiqaga yotiladi. Qayt qilish ehtimoli mavjud bo‘lgani uchun yoningizda maxsus idish saqlang. Keyingi kun tongda ilk katta hojat chiqarganingizda hojatda mayda yashil va qora donachalar ko‘rsangiz, bilingki, bu toshlardir.
2 usul. 1970 yillargacha juda keng qo‘llanilgan jigar tozalashning samarali usullaridan biri bu kofeli klizma hisoblangan. Nimaga aynan kofeli klizma? Kofedagi tabiiy moddalar jigarning Glutatyon S transferaz ishlab chiqarishga undaydi. Bu modda esa toksinlarga bog‘lanib toksinlarni kofe bilan birga tashqariga chiqarib yuboradi. Bunda kafeinga bog‘liqlik yuzaga kelmaydi. Kofeli klizma qilish uchun eruvchan va/yoki kafeinsiz kofe to‘g‘ri kelmaydi. Kofe tabiiy bo‘lishi muhim.
Kofeli klizma organizmning ifloslanish darajasini 600%ga kamaytiradi, ichaklarni tozalab sog‘lomlashtiradi, energiyani oshiradi, asabiylikni kamaytiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, depressiyani kamaytiradi, parazitlardan xalos bo‘lishda yordam beradi, jigarni tozalaydi va sog‘lomlashtiradi, xronik muammolarni kamaytiradi, hazmni yaxshilaydi, saraton kasalliklarida bemor holatini ancha yaxshilaydi. Kofe ichilganida bunday tozalanish foydalari kuzatilmaydi.
Qonni tozalash
Chiqindilar qonga o‘tib yig‘ila boshlasa arteriya va venalar elastiklikni yo‘qota boshlaydi va qattiqlashadi.
Qonni tozalashda eng samarali giyohli choylardan ayrimlari:
- “Hoxsey” choyi (Hoxsey tea)
- “Essiac” choyi (Essiac tea)
- Dr.Richard Schulze choyi (Dr.Richard Schulze herbal formula)
Manba: Uzshifo.info “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi