10:43 / 16.06.2020
3 700

Ochlik hissini yo‘qotishga yordam beradigan mahsulotlar

Ochlik hissini yo‘qotishga yordam beradigan mahsulotlar
Foto: Getty Images
Parhezshunoslar metabolizmni yaxshilash va qondagi qand miqdorini me’yorda bo‘lishi uchun kam-kamdan tez-tez ovqatlanishni maslahat beradi. Buning uchun esa foydali mahsulotlar bilan ochlik hissini qondirish kerak bo‘ladi. Quyida pechene, chips va buterbrodga alternativ sifatida iste’mol qilish mumkin bo‘lgan tabiiy mahsulotlarga to‘xtalamiz.

Yong‘oqlar
Kaloriya miqdori: 30 gr mahsulotda — 180 kkal
Yong‘oqlar yog‘, oqsil va klechatka manbasi hamda kaliy, magniy, fosfor, vitamin E va B3 ga boy hisoblanadi. Ushbu moddalar yurak kasalliklarining oldini olish, depressiyaga qarshi kurashish va xotirani yaxshilash xususiyatiga ega. Kaliforniya milliy tibbiy markazi tadqiqotlariga ko‘ra, vazn tashlashda yordam beradi. Buning uchun uni me’yorida iste’mol qilish kerak.

Qora shokolad va bodom
Kaloriya miqdori: 30 gr shokolad va yong‘oqda — 300 kkal
Shirinlik yeyishni yaxshi ko‘radiganlardan bo‘lsangiz, unda qora shokolad xarid qilishingizni tavsiya qilamiz. Qora shokolad, yurak qon-tomirlarni mustahkamlaydigan magniy va katta miqdordagi polifenolga boy hisoblanadi. Shu singari bodom monoto‘yinmagan yog‘lar manbasi hisoblanadi hamda qondagi qand miqdori va ishtahani pasaytirish xususiyatiga ega.

Pishloq
Kaloriya miqdori: 100 gr mahsulotda — 350 kkal
Pishloq foydali va to‘yimli mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, to‘yingan yog‘larga boy bo‘lgani bilan qondagi sovuq xolesterin miqdorini ko‘paytirmaydi.

Mevalar
Tarkibida kaloriya u qadar ko‘p bo‘lmagani bilan mevalar ochlik hissini yo‘qotish xususiyatiga ega. Shu sabab ham mevalarni yoningizda olib yurish tavsiya qilinadi. Faqat tarkibida glyukoza ko‘p bo‘lgan banan, uzum, xurmo va anjir iste’molida me’yorni oshirib yubormaslikka harakat qilish kerak. Uning o‘rniga greypfrut va tarvuz yeyish tavsiya qilinadi.

Qaynatilgan tuxum
Kaloriya miqdori: 2 ta tuxumda — 140 kkal
Qaynatilgan tuxum to‘q tutish va kaloriya va iste’mol qilingan kaloriyani qisqartirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Konnektikut universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, tuxum iste’mol qilish natijasida yurak kasalliklari rivojlanishining oldi olinadi. Bundan tashqari, tuxum oqsil, vitamin K2 va B12 koni hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ochlik hissini yo‘qotishga yordam beradigan mahsulotlar