15:18 / 19.06.2020
4 000

Tarkibida shakar miqdori juda kam bo‘lgan mevalar

Tarkibida shakar miqdori juda kam bo‘lgan mevalar
Foto: Harper’s Bazaar
Shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish vazn ortishi, terida muammolar paydo bo‘lishi bilan bir qatorda salomatlikka ham jiddiy putur yetkazishi mumkin. Sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaganlar uchun tarkibida kam miqdorda shakar bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Malina
Malina salomatlik uchun muhim bo‘lgan kletchatka, vitamin va antioksidantlarga boy hamda tarkibida fruktoza deyarli yo‘q bo‘lgan mevalardan biri hisoblandi. Mazkur meva erta qarishni oldini olish, terini go‘zallashtirish xususiyatiga ega. Malinani o‘zini yoki nonushtaga bo‘tqa yoki smuziga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Kivi
Ushbu yashil meva A, B, C, vitaminlari hamda malina singari kletchatka va antioksidantlarning koni hisoblanadi. Kivi tarkibida shakar miqdori kam ekanligi uchun ham uni iste’mol qilishni kanda qilmaslik, boshqa mevalar bilan qo‘shib, salat tayyorlash maslahat beriladi.

Greypfrut
Greypfrut salomatligi va go‘zalligiga befarq bo‘lmagan har qanday inson uchun eng yaxshi mevalardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida shakar deyarli yo‘q, ammo bir qancha vitamin, foydali kislota va vitaminlarga boy. Kuniga yarimta greypfrut yeyilsa, metabolizmning yaxshilanishi va tashqi ko‘rinishda ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi.

Avokado
Avokado omega-3 yog‘ kislotalari, vitamin va minerallarga boy ekani, tarkibida shakar deyarli yo‘qligi bilan ham foydali hisoblanadi. Undan omlet tayyorlash, buterbrodga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Tarvuz
Temir, kaliy, A, B va C vitaminlariga boy bo‘lgan tarvuz, hazm jarayonini yengillashtirish, ko‘z nurini ravshanlashtirish, aqliy qobiliyatni yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydi. Eng shirin poliz ekini bo‘lgan tarvuzdan sharbat tayyorlab ichish, jazirama kunlarda ko‘proq iste’mol qilish kerak.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tarkibida shakar miqdori juda kam bo‘lgan mevalar